Takroriy harakatlar oqibatida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring

Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, qurilmani erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing. Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni xis qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va doktor bilan maslahatlashing.

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatishini ta’minlang

Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.

Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.Batareyani faqatgina zarur maqsadlar uchun foydalaning.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalardan, zaryadlash qurilmalaridan, aksessuarlaridan va ta’minotdan foydalaning

Umumiy batareya va zaryadlash qurilmasidan foydalanish, qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki ta’minotlardan foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi uchun javobgar bo‘la olmaydi.

Qurilma yoki btareyani tishlamang yoki so‘rmangBunday qilish qurilmaning buzilishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.

Agar bolalar qurilmadan foydalansa, u to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga kiritmangBunday qilish nafas yo‘li to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

O'zbek

458