Qurilmadan foydalanayotganda:Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.Bevosita mikrofonga gapiring.

Qurilmaning ichki antennasiga tegmang. Bunday qilish qo‘ng‘iroq sifati pasayishiga yoki qurilmaning mumkin bo‘lmagan radio to‘lqinlarni (RF) chiqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Quloq karnaylaridan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish qobiliyatingizni himoya qiling

Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazishi mumkin.

• Transport vositasini boshqarish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.

Quloq karnaylarini audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan minimal ovoz balandligidan foydalaning.

Quruq joylarda, quloq karnayida statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin. Quloq karnaylarini quruq joylarda foydalanmang yoki statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun, quloq karnayini qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni ushlang.

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning

O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Quloq karnayi kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofadagi obyektlarga o‘ralib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib yurmangChunki yiqilsangiz, Sizga yoki qurilmaga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang

Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.

O'zbek

459