Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang

Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va doktor bilan maslahatlashing.

Qurilmangizni tozalashda:Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang.Qurilma ekrani yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang

Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun, Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

Qurilmani o‘zi uchun belgilangan maqsadda ishlatingQurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga xalal bermangBolalarga qurilmadan foydalanish uchun ruxsat bermang

Qurilmangiz o‘yinchoq emas. Bolalarning u bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang, chunki ular o‘zlariga, qurilmaga yoki boshqalarga shikast yetkazishi.

Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating

Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin

qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Faqatgina malakali ustalarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat bering

Malakasiz ustalarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin va bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat tomonidan qoplanmaydi.

O'zbek

460