SIM-karta va xotira kartalarini ehtiyotkorlik bilan ushlang

Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani chiqarib olmang, chunki bu ma’lumot yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki qurilmaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa qurilmalardan keluvchi elektr tovushlardan himoyalang.

Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal obyektlar bilan tegmang. Agar tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani yumshoq sochiq bilan arting.

Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling

Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda xizmatlarga bog‘lanishning muqobil usullarini rejalashtiring.

Shaxsiy va muhim ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlang

Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.

Qurilmangizni tashlayotgan vaqtingizda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun, qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytaring.

Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘ring. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda ehtiyot bo‘ling.

Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun, tez-tez tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish alomatlarini topsangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki yo‘q qilish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat qiling.

Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.

Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.

O'zbek

461