Foydalanish

Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.

Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun loyihalashtirilgan.

Soʻruvchi rejim

Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali tashqariga tortib ketiladi.

DIQQAT!

Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim. Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.

DIQQAT!

Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.

Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang (ulovchi gardish).

Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin darajasining keskin ortishiga olib keladi.

Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra’d etiladi

!Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim

!Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi: 90°)

!Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim

Filtrlovchi rejim

Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan tozalanadi.

Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi

Oʻrnatish

Havo soʻrgichning eng quyi nuqtasi bilan oshxona plitasi tayanch yuzasi orasidagi masofa elektr plitalari uchun kamida 50 sm sm, gaz va aralash plitalar uchun 65cm sm boʻlishi lozim.

Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga olish zarur.

Elektr ulanish

Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma’lumotlar taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa (tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa, jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli viklyuchateldan foydalaning.

OGOHLANTIRISH!

Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.

Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega boʻlib, unga futur yetgan hollarda texnik xizmatga buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.

Oʻrnatish

Oʻrnatishdan oldin:

Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini tekshiring.

Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang). Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan oʻrnatish mumkin.

Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar (vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.

Havo soʻrgich barcha turdagi devorlar/shiftlarga qotirish uchun dyubellar bilan ta’minglangan. Ammo, materiallar sizning devor/shiftingizga mos kelishini aniqlashtirish uchun malakali texnikka murojaat qilishingiz lozim. Devor/shift jihoz ogʻirligini hisobga olgan holda yetarlicha mustahkam boʻlishi kerak.

Eslatma: Qismlarga “(*)” belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, bular ayrim modellarda mavjud bo‘lgan, ayrimlarida esa mavjud bo‘lmasa-da, alohida sotib olish mumkin bo‘lgan anjomlardir.

Texnik xizmat koʻrsatish

Tozalash

Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning. HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!

Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.

Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.

Rasm 11-28

Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.

Filtrni har oyda yumshoq ta’sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim. Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.

Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali tutqichni oʻzingizga torting.

Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)

Rasm 27

Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.

Faollashtirilgan ko‘mir filtri quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin:

Yuvsa boladigan faollashtirilgan komir filtri.

Yuvib bolmaydigan faollashtirilgan komir filtri.

Yuvsa boladigan faollashtirilgan komir filtri.

Ko‘mir filtrini har ikki oyda bir marta yuvib turish mumkin, buning uchun qaynoq suv va mos keladigan yuvish vositasi ishlatiladi yoki idish yuvish mashinasida 65°C haroratda yuvish mumkin (agar idish yuvish mashinasidan foydalanilsa, to‘liq sikl funksiyasini tanlang va idishlarni olib tashlang).

Filtrga shikast yetkazmasdan, ortiqcha suvni chiqarib tashlang, keyin plastik ramka ichidagi matrasni chiqarib olib, to‘liq quritish uchun 10 daqiqaga 100° C haroratdagi pech ichiga solib qo‘ying. Matrasni har 3 yilda va matosi shikastlanganida almashtirib turing.

Yuvib bolmaydigan faollashtirilgan komir filtri.

Koʻmir filtrini toʻlib qolishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.

Har qanday taqdirda, kartridjni har 4 oyda almashtirib turing. Koʻmir filtri yuvilmaydi va qayta tiklanmaydi.

Ornatish

Ko‘mir filtrini avval havo so‘rgichning metal tilchasi orqasiga iling, keyin old tarafiga ikkita dastak bilan iling.

Chiqarib olish

Ko‘mir filtrini havo so‘rgichga biriktirib turgan murvatlarni 90° burab, chiqarib oling.

Koʻmir filtrlarini harid qilish

Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.

Lampalarni almashtirish

Havo so’rgich LED texnologiyada ishlovchi yoritish tizimi bilan jihozlangan.

LED lampalari optimal yorugʻlikni ta'minlab, odatiy lampalarga qaraganda 10 barobar uzoq xizmat koʻrsatadi va 90% elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Almashtirish uchun texnik xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.

Ishlatish

Havo so‘rgich funksiyalarini tanlash uchun tugmalarga tegining:

T1. Sorish motorining ON/OFF tugmasi:

T2. Past sorish tezligini (quvvatini) tanlash tugmasi

Moy filtri uchun toyinganlik indikatori

Bu o‘chib-yonsa, moy filtrini profilaktika qiling; keyin o‘chib-yonish to‘xtashi uchun T1 tugmasini uzoq vaqt bosib turing (havo so‘rgich YONIQ).

T3. Ortacha sorish tezligini (quvvatini) tanlash tugmasi

Komir filtri toyinganlik indikatori

Bu o‘chib-yonsa, o‘rnatilgan komir filtrini profilaktika qiling, keyin o‘chib-yonish to‘xtashi uchun T1 tugmasini uzoq vaqt bosib turing (havo so‘rgich YONIQ).

69