teshiklarini yopmang.
8.Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni qurilma korpusidagi pereklyuchatel yordamida o’chiring. Chang konteynerini almashtirishdan avval qurilmani albatta tarmoqdan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun vilkani rozetkadan uzishda kabeldan emas, balki vilkaning o’zidan ushlab torting.
9.Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu qurilmadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, ushbu qurilmadan 8 yoshdan katta bo’lgan bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalarga qurilma bilan o’ynash ma’n etiladi. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish nazoratsiz bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.
10.Bolalar qurilma bilan uynashlariga yo’l qo’ymang.
11.Bolalarga nazoratsiz qurilmani tozalash va undan foydalanish bo’yicha topshiriq berish man etiladi.
12.Uzaytirgichdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
13.Changyutgich ishida buzilishlar sodir bo’lgan hollarda uni tarmoq manbasidan uzing va texnik xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
14.Agar elektr tarmog’iga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xavfli holatlarning vujudga kelishini oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, texnik xizmat ko’rsatish markazining hodimi yoki boshqa vakolatli mutaxassis tomonidan almashtirilishi kerak.
15.Uning shlangidan ushlagan holda changyutgichni harakatlantirmang. Bunday maqsadlar uchun changyutgich korpusidagi dastadan foydalaning.
16.Undan foydalanilmagan hollarda changyutgichni elektr tarmog’idan uzib qo’ying. Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval ta’minot tugmasini bosgan holda changyutgichni o’chiring.
04_ ehtiyotkorlik choralari