Samsung WW90J5446FX/LP, WW90J5446FW/LP manual Xavfsizlik boyicha malumotlar

Page 39

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Odatda terini parvarish qilish vositalari do'konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki los'onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.

Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo'lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Nina to'g'nag'ichlar, soch to'g'nag'ichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt qoldirmang.

Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.

Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo'la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.

Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.

Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli o'z-o'zidan yonib ketishga yoki birdan yonib ketishga olib kelishi mumkin.

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.

Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.

Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Paypoq va ko'siynabandlarni yuvish to'riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.

Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to'riga joylashtirgan holda yuvmang.

Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.

Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlar cho'ntaklarining bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

Tangalar, to'g'nag'ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.

Ularning ranglarining o'chmaslik darajasi asosida kirlarni ranglar bo'yicha turlarga ajrating va tavsiya qilingan rejim, suv harorati va qo'shimcha funksiyalarni tanlang.

Bu ranglarning o'chishiga yoki matoning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Eshikni yopayotganingizda bolalar barmoqlarining eshikka qisilib qolmasligiga ehtiyot bo'ling.

Ushbu talabga amal qilmaslik shikastlanishga olib kelishi mumkin.

12  O'zbek

Untitled-8 12

2017-05-23 ￿￿ 10:17:56

Image 39
Contents Важные значки безопасности Важные сведения по технике безопасностиПеред использованием устройства прочтите все инструкции Важные меры предосторожностиВажные предупреждения при установке Не допускайте спутывания или перекручивания кабеля питания Важные предупреждения при использовании Меры безопасности при установкеРусский 9  Меры безопасности при эксплуатации Русский 11  12 Русский Важные предупреждения при очистке Важливі символи з техніки безпеки Що потрібно знати про інструкції з техніки безпекиВажливі застереження з техніки безпеки ПопередженняВажливі попередження щодо встановлення Застереження щодо встановлення Важливі попередження щодо використання Застереження щодо використання Інформація з техніки безпеки Українська 11  Важливі попередження щодо чищення Інформація з техніки безпеки Маңызды қауіпсіздік белгілері Қауіпсіздік техникасы бойынша маңызды мәліметтерМаңызды сақтық шаралары ЕскертуОрнатуға қатысты қатаң ескертулер Казақ 7  Пайдалануға қатысты қатаң ескертулер Орнатуға қатысты ескертулерКазақ 9  Пайдалану кезіндегі сақтық шаралары Казақ 11  12 Казақ Еэжэқ ескертулері Тазалауға қатысты қатаң ескертулерMuhim xavfsizlik belgilari Texnika xavfsizligi korsatmalari togrisida muhim malumotlarTexnika xavfsizligi boyicha muhim choralar OgohlantirishOrnatishga oid muhim ogohlantirishlar Ozbek 7  Foydalanishga oid muhim ogohlantirishlar Ornatishga oid ogohlantirishlarOzbek 9  Foydalanishga oid ogohlantirishlar Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bolishi mumkin Xavfsizlik boyicha malumotlar Weee belgisiga oid korsatmalar Tozalashga oid muhim ogohlantirishlar
Related manuals
Manual 240 pages 11.83 Kb Manual 1 pages 35.84 Kb