•Agar ularga ushbu qurilmadan xavfsiz foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilgan bo'lsa va ular mavjud xatarlarni tushunsa, bu qurilmadan 8 yoki undan kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin. Bolalarga qurilma bilan o'ynash taqiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi kerak.
•Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
•Qurilmani tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval vilka rozetkadan uzib qo'yilishi kerak.
•Uzaytirma kabellardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
•Agar changyutgich to'g'ri ishlamayotgan bo'lsa, elektr ta'minotini uzing va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•Agar elektr tarmog'iga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish uchun uni ishlab chiqaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi agenti yoki shunga o'xshash malakali shaxs almashtirishi kerak.
•Chanyutgichni shlangdan ushlagan holda ko'tarmang. Chanyutgich korpusidagi dastadan foydalaning.
•Foydalanilmayotgan vaqtda changyutgichni rozetkadan uzib qo'ying.
Rozetkadan uzishdan avval changyutgichni o'chiring.