va shu kabi matolardan tayyorlangan boshqa buyumlarni sterillashdan boshqa maqsadlarda foydalanmang. Kompaniya ultrabinafsha cho'tkadan yuqorida sanab o'tilganlaridan boshqa maqsaqlarda foydalanilishi natijasida sodir bo'lgan halokatlar oqibatida yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
•Ultrabinafsha cho'tka ustiga o'tirmang yoki uni tashlab yubormang va mahsulot qismlariga yetkaziladigan ta'sirlarning oldini oling. Bunday qilmasilik jarohatlanish yoki mahsulot shikastlanishiga sabab bo'ladi.
•Ultrabinafsha cho'tka orqa panelidagi quvvat terminallariga metall mix yoki sterjen bilan tegmang. Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
•Ultrabinafsha lampa ishdan chiqqanida mahsulotni o'zingicha qismlarga ajratmang yoki o'zgartirmang.
Iltimos, almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•Ultrabinafsha cho'tkada ichki zaryadsizlanish yuz berib turgani uchun mahsulotdan hech qachon yonuvchan aerozollar yoki moddalar yaqinida foydalanmang.
•Ultrabinafsha cho'tkadan uzoq vaqt foydalangandan keyin ultrabinafsha lampaga tegmang, chunki oyna yuzasi issiq bo'lishi mumkin.
•Ultrabinafsha lampaga xos bo'lgan xususiyatlarga bog'liq ravishda quyi haroratlarda ultrabinafsha cho'tka sekinroq ishga tushishi mumkin. Iltimos, ultrabinafsha cho'tkani xona ichida saqlang.