ehtiyot choralari haqida ma'lumot
MUHIM XAVFSIZLIK CHORALARI
UMUMIY
•Barcha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing.
Qo'shishdan oldin elektr ta'minoti kuchlanishi changyutgichning tagidagi pasport yozuvida qayd etilgan kuchlanish bilan bir xil ekaniga ishonch hosil qiling.
•OGOHLANTIRISH : Gilamcha yoki pol ho'l bo'lganda changyutgichdan foydalanmang. Suvni so'rdirib olish uchun foydalanmang.
•Biror jihozdan bolalar foydalanayotganda yoki ular bolalar yaqinida turganda qattiq nazorat zarur.
Changyutgichdan o'yinchoq sifatida foydalanilishga ruxsat bermang. Hech qachon changyutgichni qarovsiz qoldirmang. Changyutgichdan faqat ushbu ko'rsatmalarda qayd etilgan maqsadda foydalaning.
•Changyutgichdan chang konteynerisiz foydalanmang. Changyutgich yaxshi ishlashi uchun chang konteynerini to'lmasidan turib, bo'shatib oling.
•Changyutgichdan gugurt donalari, cho'g'i bor kul yoki sigaret qoldiqlarini yig'ib olishda foydalanmang. Changyutgichni pechka yoki boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroq joyda saqlang. Issiqlik uskunaning plastik qismlari shakli va rangiga putur yetkazishi mumkin.
•Og'ir va o'tkir buyumlarni changyutgich bilan yig'ishtirib olishdan saqlaning, chunki ular changyutgich qismlarini shikastlashi mumkin. Shlang ulamasini bosmang.
Shlang ustiga og'ir narsalarni qo'ymang. So'rish va havo chiqish portini bekitmang.
•Vilkasini rozetkadan uzishdan oldin changyutgich korpusidagi elektr quvvati tugmasini bosib o'chiring.
Chang konteynerini bo'shatishdan oldin changyutgich vilkasini rozetkadan uzing.
ehtiyot choralari haqida ma'lumot _03