Texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanma

MUHIM EHTIYOTKORLIK CHORALARI

1.Barcha ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr ta’minot zanjiridagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi texnik ma’lumotlar ko’rsatilgan yorliqdagi kuchlanishga mos kelishiga ishonch hosil qiling.

2.OGOHLANTIRISH. Agar pol yoki gilam xo’l bo’lsa, changyutgichdan foydalanmang. Changyutgichdan suv yig’ish uchun foydalanmang.

3.Har qanday maishiy asboblardan bolalar ishtirokida foydalanganda ayniqsa e’tiborli bo’lish lozim. Bolalarning chanyutgich bilan o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Hech qachon bolalarga chanyutgichni kattalar nazoratisiz yoqishlariga ruxsat bermang. Changyutgichdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingani kabi maqsadlarda foydalaning.

4.Changyig’gichsiz changyutgichdan foydalanmang. Qurilmaning eng yuqori samaradorlik bilan ishlashi uchun changyig’gichni to’lib ketishidan avval bo’shatishga harakat qiling.

5.Changyutgichdan sachrab yotgan gugurt donalari, yonayotgan kul yoki sigareta qoldiqlarini yig’ish uchun foydalanmang. Changyutgichni oshxona plitasi yoki boshqa issiqlik manbalari yaqinida saqlamang. Issiq havo qurilma plastik qismlarining deformatsiyalanishi yoki rangsizlanishiga olib kelishi mumkin.

6.Changyutgich yordamida qattiq va o’tkir buyumlarni yig’mang, chunki ular qurilma qismlarini shikastlashi mumkin. Shlangni bosib olmang. Shlang ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang. So’ruvchi yoki chiqaruvchi tirqishlarni to’sib qo’ymang.

7.Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni qurilma korpusidagi pereklyuchatel yordamida o’chiring. Chang konteynerini almashtirishdan avval qurilmani albatta tarmoqdan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun vilkani rozetkadan uzishda kabeldan emas, balki vilkaning o’zidan ushlab torting.

8.Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilgan bo’lsa, bu qurilmadan (bolalarni ham qo’shganda), jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin.

9.Bolalarning ushbu qurilma bilan bolalar nazoratsiz qolmasinlar.

10.Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda o’tkazilmasligi kerak.

11.Uzaytirgichdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

12.Changyutgich ishida buzilishlar sodir bo’lgan hollarda uni tarmoq manbasidan uzing va rasmiy xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

13.Agar elektr tarmog’iga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xavfli holatlarning vujudga kelishini oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat ko’rsatuvchi agenti yoki vakolatli mutaxassis tomonidan almashtirilishi kerak.

14.Uning shlangidan ushlagan holda changyutgichni harakatlantirmang. Bunday maqsadlar uchun changyutgich korpusidagi dastadan foydalaning.

15.Agar changyutgichdan foydalanmasangiz elektrota’minot vilkasini razetkadan sug‘irib oling. Bu ishni qilishdan avval changyutgichni o‘chiring.

Ehtiyotkorlik choralari _3

Page 51
Image 51
Samsung VCC8833V3S/XEV, VCC8859H3B/XEV manual Texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanma, Muhim Ehtiyotkorlik Choralari