Qadam-baqadam o’rnatish
1-QADAM - O’rnatish joyini tanlash
O’rnatish joyiga bo’lgan talablar:
•Gilam qoplama yoki havo almashishiga to’sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo’lmagan qattiq, tekis sirt
•
•Havo aylanishi va simlarni ulash uchun yetarli joy
•Atrofdagi harorat doimo muzlash nuqtasidan (0 ˚C) baland
•Issiqlik manbalaridan uzoqda
2-QADAM - Tashish boltlarini bo’shatib olish
Mahsulot qadoqlarini olib tashlang va barcha tashish boltlarini bo’shatib oling.
1. Berilgan gayka klyuchidan foydalangan holda mashinaning orqa panelidagi barcha tashish boltlarini bo'shating.
2.Tirqishlarni birga beriladigan plastmassa qopqoqlar bilan berkiting. Tashish boltlarini kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
OGOHLANTIRISH
Qadoqlash materiallari bolalar uchun xavfli bo'lishi mumkin. Barcha qadoqlash materiallarini (plastik sumkalar, polistirol va boshqalar) bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda chiqitga chiqaring.
3-QADAM - Oyoqchalar balandligini o’zgartirish
1.Kir yuvish mashinasini o'zingiz tanlagan joyga ehtiyotlik bilan olib boring. Ortiqcha kuch ishlatish balandlikni moslash oyoqchalarini shikastlashi
mumkin.
2. Balandlikni sozlash oyoqchalarini qo'lda sozlash bilan kir yuvish mashinasini tekislang.
3.Tekislash tugallangach, gayka klyuchi bilan gaykalarni qotiring.
O'zbekcha - 14
2014/3/22 20:12:29