Texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanma
TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA QO‘LLANMA
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
•Changyutgichdan foydalanishdan avval ushbu qo’llanmani diqqat bilan o’qib chiqing va uni keyingi foydalanish uchun saqlab qo’ying.
•Quyida keltirilgan qo‘lanma bir necha modellarga taalluqli bo‘lgani bois ushbu changyutgichning tavsifi yozilganlardan biroz farq qilishi mumkin.
FOYDALANILGAN DIQQAT/OGOHLANTIRISH BELGILARI
Hayot uchun xavfli yoki jiddiy jarohat olish xavfi borligiga ishora qiladi.
OGOHLANTIRISH
Jarohat olish xavfi yoki changyutgich shikastlanishiga ishora qiladi.
OGOHLANTIRISH
FOYDALANILGAN BOSHQA BELGILAR
Qilish MUMKIN BO‘LMAGAN xarakatlarga ishora qiladi.
Amal qilish shart bo‘lgan qoidalarga ishora qiladi.
Tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzish shartligiga ishora qiladi.
Ushbu changyutgich faqat maishiy foydalanish uchun mo‘ljallangan.
OGOHLANTIRISH Changyutgichdan qurilish chiqindilar, axlat va lazerli printer tonerini tozalashdan foydalanish mumkin emas. Filterlarni doim toza holatda saqlang, ularda mayda chang zarralari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymang.
Gilam tozalash vositalari yoki mayda chang zarralarini, masalan, unni faqat kichik miqdordagina tozalash lozim. Tozalashdan keyin changqopcha va filterlarni doim e‘tibor bilan tozalab chiqing.
Changyutgichdan changqopcha yoki filterlarsiz foydalamish mumkin emas. Shuningdek, o‘ta eski, zararlangan yoki shaklini yo‘qotgan filterlarni ham ishlatish ta‘qiqlanadi. Filterni ko‘rsatmaga rioya etgan holda har doim to‘g‘ri o‘rnating.
Sanab o‘tilgan talablarni bajarmaslik qurilma ichki qismlarining zararlanishiga va kafolat xizmatining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Miktofilterni yuvib bo‘lgandan keyin uni hech qachon buramang.
Bunday qilish uning shaklini yo‘qotishi yoki zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Agar filter shaklini yo‘qotgan yoki zararlangan bo‘lsa, uni yangisiga almashtiring. (Agar ushbu talablarga rioya etilmasa, chang va chiqindi motor ichiga tushadi)
Kontakt yuzalar va o‘rnatish qismida bo‘shliqlar qoldirmasdan filterni to‘g‘ri o‘rnating. (Agar ushbu talablarga rioya etilmasa, chang va chiqindi motor ichiga tushadi)
2_ Ehtiyotkorlik choralari