Foydalanish

Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.

Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun loyihalashtirilgan.

Soʻruvchi rejim

Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali tashqariga tortib ketiladi.

DIQQAT!

Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim. Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.

DIQQAT!

Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.

Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang (ulovchi gardish).

Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin darajasining keskin ortishiga olib keladi.

Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra’d etiladi

!Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim

!Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi: 90°)

!Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim

Filtrlovchi rejim

Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan tozalanadi.

Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi

Oʻrnatish

Havo soʻrgichning eng quyi nuqtasi bilan oshxona plitasi tayanch yuzasi orasidagi masofa elektr plitalari uchun kamida 50 sm sm, gaz va aralash plitalar uchun 65cm sm boʻlishi lozim.

Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq masofa talab etilsa buni inobatga olish zarur.

Elektr ulanish

Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida joylashgan texnik ma’lumotlar taxtasida koʻrsatilgan kuchlanishga mos kelishi lozim. Agar havo soʻrgich vilkaga ega boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel amaldagi qoidalar talablariga javob berishi va qulay joyda joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda vilka mavjud boʻlmasa (tarmoqqa bevosita ulanish) yoki shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa, jihozni oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga asosan, 3-toifadagi yuqori kuchlanish holati yuz berganda tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli viklyuchateldan foydalaning.

OGOHLANTIRISH!

Havo soʻrish tizimini elektr quvvati tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.

Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega boʻlib, unga futur yetgan hollarda texnik xizmatga buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.

Oʻrnatish

Oʻrnatishdan oldin:

Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini tekshiring.

Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang). Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan oʻrnatish mumkin.

Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar (vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.

Bu qopqoq javon yoki boshqa tayanch uskunaga o‘rnatishga mo‘ljallangan.

70

Texnik xizmat koʻrsatish

Tozalash

Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning. HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!

Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.

Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.

Rasm 8-13

Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.

Filtrni har oyda yumshoq ta’sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim. Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.

Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali tutqichni oʻzingizga torting.

Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)

Rasm 12

Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.

Koʻmir filtrini toʻlib qolishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.

Har qanday taqdirda, kartridjni har 4 oyda almashtirib turing. Koʻmir filtri yuvilmaydi va qayta tiklanmaydi.

Moy filtrlarini chiqaring.

Har bir tomonga bittadan ko‘mir filtrini qo‘ying va uni qopqoqqa ilib qo‘ying. Moy filtrini qayta o‘rnating.

Koʻmir filtrlarini harid qilish

Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.

Lampalarni almashtirish

Jihozni elektr tarmog‘idan uzing.

Ogohlantirish! Lampochkaga teginishdan avval uning soviganligini tekshirib ko‘ring. Tortmani to‘liq chiqaring.

Lampochka bo‘lmasini ochish uchun so‘ruvchi panjarani chiqarib oling. Kuygan lampochkani olib, o‘rniga yangisini qo‘ying (quyidagi jadvalga qarang):

Lampochka

 

Quvvati (Vatt)

Rozetka

 

 

 

3

E14

 

 

 

 

Kuchlanish

(V)

O‘lchami

(mm)

220-240

 

35x102 (Diametr x

 

Uzunlik)

 

 

 

 

ILCOS

D Kodi

 

(IEC 61231’ga ko‘ra)

 

DRBB/C-3-220-240-E14-35/102

Panjarani joyiga qo‘ying.

Agar chiroq yonmasa, texnik yordam chaqirishdan avval lampochkaning to‘g‘ri qo‘yilganligini tekshirib ko‘ring.

Page 70
Image 70
Samsung NK24M1030IS/UR Kuchlanish, 220-240 35x102 Diametr Uzunlik, Kodi IEC 61231’ga ko‘ra DRBB/C-3-220-240-E14-35/102