Xavfsizlik bo’yicha axborot

MUHIM XAVFSIZLIK CHORALARI

1.Barcha ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr ta’minot zanjiridagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi texnik ma’lumotlar ko’rsatilgan yorliqdagi kuchlanishga mos kelishiga ishonch hosil qiling.

2.OGOHLANTIRISH. Agar pol yoki gilam xo’l bo’lsa, changyutgichdan foydalanmang. Suvyig’ish maqsadida changyutgichdan foydalanmang.

3.Agar qurilma bola tomonidan foydalanilayotgan bo’lsa yoki yaqin atrofda bolalar bo’lsa, bolalarni qarovsiz qoldirmang. Bolalarning changyutgich bilan o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Chanyutgicnhi yoqilgan holda qarovsiz qoldirmang. Changyutgichdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan madsadlardagina foydalanish kerak.

4.Chang konteynerisiz changyutgichdan foydalanmang. Qurilmaning eng yuqori samaradorlik bilan ishlashi uchun chang konteynerini to’lib ketishidan avval bo’shatishga harakat qiling.

5.Vilkani tarmoq rozetkasiga tiqishdan avval pereklyuchatelni Stop (yoki Min) holatga o’tkazing.

6.Changyutgichdan sachrab yotgan gugurt donalari, yonayotgan kul yoki sigareta qoldiqlarini yig’ish uchun foydalanmang. Changyutgichni oshxona plitasi yoki boshqa issiqlik manbalari yaqinida saqlamang. Issiq havo qurilma plastik qismlarining deformatsiyalanishi yoki rangsizlanishiga olib kelishi mumkin.

7.Changyutgich yordamida qattiq va o’tkir buyumlarni yig’mang, chunki ular qurilma qismlarini shikastlashi mumkin. Shlangni bosib olmang. Shlang ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang. Yutgich yoki chiqarish portlarini to’sib qoymang.

8.Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni qurilma korpusidagi pereklyuchatel yordamida o’chiring. Chang konteynerini almashtirishdan avval qurilmani albatta tarmoqdan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun vilkani rozetkadan uzishda kabeldan emas, balki vilkaning o’zidan ushlab torting.

9.Agar ular nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Bolalarning ushbu qurilmani o’ynamasliklarini nazorat qilib turing.

10.Changyutgichni tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishdan avval vilkani albatta tarmoq rozetkasidan uzib qo’yish lozim.

11.Uzaytirgichdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

12.Changyutgich ishida buzilishlar sodir bo’lgan hollarda uni tarmoq manbasidan uzing va xizmat ko’rsatish markazining vakolatli xodimiga murojaat qiling.

13.Agar elektr tarmog’iga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xavfli holatlarning vujudga kelishini oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat ko’rsatuvchi agenti yoki vakolatli mutaxassis tomonidan almashtirilishi kerak.

14.Uning shlangidan ushlagan holda changyutgichni harakatlantirmang. Bunday maqsadlar uchun changyutgich korpusidagi dastadan foydalaning.

15.Undan foydalanilmagan hollarda changyutgichni elektr tarmog’idan uzib qo’ying. Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval ta’minot tugmasini bosgan holda changyutgichni o’chiring

Havfsizlik bo’yicha axborot _3

DJ68-00461S-15.indb 3

2017. 3. 13.

�� 1:33

Page 51
Image 51
Samsung VCC4520S3S/XEV, VCC4520S3B/XEV manual Xavfsizlik bo’yicha axborot, Muhim Xavfsizlik Choralari