Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo'llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.
•Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang. Har doim vilkani mahkam ushlang va uni
•Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvish mashinasini o'zingizcha ta'mirlash, qismlarga ajratish yoki o'zgartirishga urinmang.
•Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis qo'yilma, po'lat sim va hokaso) foydalanmang.
•Kir yuvish mashinasini ta'mirlash yoki qaytadan o'rnatish kerak bo'lgan hollarda o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko'mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.
•Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq yoki chaqmoq bo'layotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzib qo'ying.
•Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o'ynashiga yo'l qo'ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
DIQQAT: Foydalanishga oid OGOHLANTIRUVCHI MA'LUMOTLAR
Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.
•Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.
Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo'ling.
•Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni
•Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtiga suv chiqishi xatoligi sodir bo'lsa, suv chiqarish tizimi bilan bog'liq muammoning mavjudligini tekshiring.
•Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga ko'milgan holda foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to'laligicha kir yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.
•Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo'lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo'ying.
Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
•Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va hokazo) yo'qligiga ishonch hosil qiling.
•Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
O’zbek - 8
6/23/2016 2:12:19 PM