Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar yetkazmang

Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.

Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatishini ta’minlang

Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.

Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.

Batareyani faqatgina tegishli maqsadlar uchun foydalaning.

Batareyalarni uzoq muddat mobaynida ishlatmaslik uning xizmat qilish vaqtiga va samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bu batareyaning portlashiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanmaydi.

Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting

Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.

Bevosita mikrofonga gapiring.

O'zbek