UZ - O‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
Ushbu qo‘llanmada foydalanilgan belgilar
OGOHLANTIRISH
Qattiq tan jarohati yoki oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli omillar yoki xavfli harakatlar.
DIQQAT
Tok urishi, tan jarohati yoki
QAYDNOMA
Foydali maslahatlar va yoʻriqnomalar
Ushbu yoʻriqnomadagi ogohlantirish belgilari siz va yaqinlaringizga jarohat yetishini oldini olish uchun keltirilgan.
Ularga qat’iy amal qiling. Ushbu yoʻriqnomani oʻqigandan soʻng kelajakda qayta murojaat etish uchun olib qoʻying.
Ushbu qoʻllanmada keltirilgan
Ushbu havo soʻrgich dizayni ushbu qoʻllanmadagi rasmlarda keltirilgan havo soʻrgichlardan farqli boʻlishi mumkin. Ammo foydalanish boʻyicha qoʻllanma, texnik xizmat koʻrsatish va oʻrnatish tartibi bir xildir
•Ushbu yoʻriqnomani unga keyinchalik zarur boʻlganda murojaat qilish uchun saqlab qoʻyish juda muhimdir. Agar ushbu mahsulot sotilsa, boshqalarga berilsa yoki boshqa joyga koʻchirilsa yoʻriqnoma doimo mahsulot bilan birga saqlanishi lozim.
•Yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqing. Unda jihozni oʻrnatish, foydalanish va xavfsizlik boʻyicha muhim ma'lumotlar mavjud.
•Jihozning elektrik yoki mexanik qismida, yoki havo tarqatuvchi quvurlariga oʻzgartirish kiritish ta'qiqlanadi.
•Jihozni oʻrnatishdan oldin barcha qismlarning butligi va yaxlit ekaniga ishonch hosil qiling. Jihozda biror futur yetgan joy aniqlangan taqdirda mahsulot yetkazib beruvchiga murojaat qiling va aslo uni oʻrnatishga urinmang.
Diqqat
•Biror tozalash yoki texnik xizmat koʻrsatishdan oldin havo soʻrgich vilkasini rozetkadan sugʻurib yoki xonaning umumiy viklyuchatelini oʻchirgan holda elektr tokidan uzing.
•Oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha har qanday amaliyot paytida ishchi qoʻlqoplardan foydalaning.
•Jihozdan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jihozdan xavfsiz foydalanish boʻyicha oʻrgatilganda va u bilan bogʻliq boʻlgan xatarlarni anglashga qodir boʻlgan taqdirlarida jismoniy va ruhiy hasta yoki yetarli tajribaga ega boʻlmagan insonlar foydalanishlari mumkin.
•Bolalarga jihozni boshqarish imkoni berilmasligi va ular jihoz bilan oʻynamasliklari lozim.
•Tozalash va texnik xizmat koʻrsatish amaliyotlari nazorat ostida boʻlmagan bolalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin emas.
•Jihoz gaz yoki boshqa yoqilgʻilarda ishlaydigan boshqa jihozlar bilan bir vaqtda foydalanilgan taqdirda jihoz oʻrnatilgan xonada yetarlicha havo aylanishi ta'minlanishi kerak.
•Havo soʻrgichning ichi va tashqi tomoni
•Bu ish texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Havo soʻrgichni tozalash va filtrlarni almashtirish yoki tozalash boʻyicha talablarni bajarmaslik yongʻin xavfini orttiradi.
•Havo soʻrgich ostida ochiq olovda taom tayyorlash qat’iyan ma’n etiladi.
•Yorituvchi lampani almashtirish uchun ushbu
qoʻllanmaning lampalarga texnik xizmat koʻrsatish/almashtirish boʻlimida koʻrsatilgan lampalardan foydalanish lozim.
Ochiq olovdan foydalanish filtrlarga zarar yetkazadi va yongʻin xavfini keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli har qanday holatda undan foydalanishdan qochish lozim. Qovurish jarayoni qizigan yogʻ yonib ketishini oldini olish uchun nazorat ostida boʻlishi lozim.
DIQQAT: Taom pishirish vaqtida jihozning yuza qismlari qizishi mumkin.
•Jihoz toʻliq oʻrnatilmaguncha uni elektr tarmogʻiga ulamang.
•Jihoz tomonidan parlar chiqarilishi boʻyicha texnik va xavfsizlik choralari masalasida mahalliy organlar tomonidan belgilangan
•Soʻrib olinayotgan havo gaz va boshqa yoqilgʻilarda ishlayotgan jihozdan tortib chiqarishga moʻljallangan quvurga tushishini oldini olish zarur.
•Tok urishi ehtimoli mavjudligini hisobga olib lampani toʻgʻri oʻrnatmasdan turib havo soʻrgichdan foydalanmang yoki uni qarovsiz qoldirmang.
•Hech qachon panjarasi notoʻgʻri oʻrnatilgan havo soʻrgichdan foydalanmang.
•Bunga maxsus koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda havo soʻrgich ASLO ustun sifatida qoʻllanilmasligi lozim.
•Oʻrnatish uchun faqat mahsulot bilan birga ishlab chiqarilgan qotiruvchi vintlardan foydalaning va agar ular komplektda mavjud boʻlmasa jihozni qotirish uchun mos keluvchi vintlarni xarid qiling.
•Oʻrnatish boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan uzunlikdagi vintlardan foydalaning.
•Biror shubha tugʻilsa rasmiy xizmat koʻrsatish markazi yoki shunday malakaga ega biror shaxs bilan maslahatlashing.
OGOHLANTIRISH!
•Ushbu yoʻriqnomaga muvofiq tarzda vintlar yoki boshqa qotiruvchi jihozlarni oʻrnatmaslik elektr bilan bogʻliq xatarlarga olib kelishi mumkin.
•Avtomatik tarzda yoqiladigan dasturlovchi, taymer, alohida masofadan turib boshqarish tizimi yoki shu kabi boshqa qurilmalardan foydalanmang.
•Ushbu mahsulot Elektrik va elektron qurilmalarni utilizatsiya qilish boʻyicha 2012/19/EC raqamli Yevropa koʻrsatmasiga (WEEE) asosan markirovka qilingan.
•Ushbu mahsulotni toʻgʻri foydalanishini ta'minlagan holda siz atrof muhit va inson salomatligiga yetishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni oldini olgan boʻlasiz, aks holda notoʻgʻri foydalanganish shu kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
•Ushbu belgi mahsulot ustida yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kelganda, ushbu mahsulotga nisbatan odatiy uy chiqindilariga boʻlgani kabi munosabatda boʻlish mumkin emasligini anglatadi. Aksincha, uni keyingi utilizasiya qilinishi uchun maxsus elektr va elektron jihozlarni qabul qilish nuqtalariga topshirish maqsadga muvofiq. Mahsulotni parchalash uchun topshirish chiqindilarni utilizasiya qilish boʻyicha mahalliy qoidalarga amal qilgan holda bajarilishi kerak.
•Bu kabi mahsulotlar bilan muomala qilish, ularni utilizasiya va qayta ishlash boʻyicha batafsil ma'lumot olish uchun mahalliy hokimiyat organlari, chiqindilarni utilizasiya qilish xizmati yoki ushbu mahsulotni harid qilgan doʻkoningizga murojaat qiling.
Jihoz quyidagilarga asosan loyihalashtirilgan, sinalgan va ishlab chiqarilgan:
•Xavfsizlik: EN/IEC
•Ishlash xususiyatlari: EN/IEC 61591; ISO
•EMM: EN
49