Pechni mahkamlash
A
B
Pech bilan bufetning ikkala tomoni orasida kamida 5 mm oraliq (A) qoldiring.
Eshik oson ochilishi va yopilishi uchun kamida 3 mm oraliq (B) qoldiring.
Pechni bufet ichiga sig‘diring va har ikkala tomonidan 2 ta vint bilan mahkam qotiring.
O‘rnatish tugallangach, himoya plyonkasi, tasma va boshqa o‘rama materiallarini olib tashlang va anjomlarni pech ichidan oling. Pechni bufetdan chiqarish uchun avval tokdan uzing, keyin pechning ikki tomonidagi 2 ta vintni bo‘shating.
OGOHLANTIRISH
Pech me'yorda ishlashi uchun havo aylanishi kerak. Hech qachon havo tirqishlarini to‘sib qo‘ymang.
IZOH
Pechning asl ko‘rinishi modeliga qarab farq qilishi mumkin.
O'zbek 9
O‘rnatish