Pishirish vaqtida yoki pishirish jarayoni tugashi bilanoq ovqatga tegmang.

-Buning uchun maxsus qo'lqopdan foydalaning, chunki ovqat juda issiq bo'lishi va natijada teringiz kuyishi mumkin.

Plita yuzasida dazr ketgan joy paydo bo'lsa, jihozda quvvatni o'chiring.

-Mazkur yo'riqqa amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Ko'p bo'lmagan miqdordagi ovqatni tayyorlash yoki isitish uchun kamroq vaqt talab etiladi.

Agar ko'p bo'lmagan miqdordagi ovqat odatdagi vaqt bo'yicha isitisa yoki pishirilsa, ovqat keragidan ortiq isib ketishi yoki kuyishi mumkin.

Bolalarning jihoz bilan o’ynamasliklarini ta’minlash uchun ular nazorat ostida bo’lishlari lozim.

Plita qopqog'ini ochishdan oldin unda to'kilgan suyuqlikni tozalab tashlash zarur. Plita sovib bo'lgandan keyingina, qopqog'ini ustiga yopib qo'yish mumkin (faqat qopqoqli modellarga tegishli).

Plita ustiga chiqib turmang, uning ustiga har xil narsalarni (masalan, yuviladigan kirlar, plita qopqog'i, yoqib qo'yilgan shamlar, yondirilgan sigareta, ovqat, kimyoviy moddalar, metall predmetlar va hokazo) qo'ymang.

-Aks holda, bu elektr toki urishi, yong'in, jihoz bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga olib kelishi mumkin.

Jihozni ho'l qo'lingiz bilan boshqarmang.

-Bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Plita ust yuzasiga iksektitsidlar yoki boshqa uchuvchan moddalar sepmang.

-Bu insonlar uchun zararli bo'lib, elektr toki urishi, yong'in, jihoz bilan bog'liq muammolarga ham olib kelishi mumkin.

Jihozni rakovina yoki shishali predmet kabi mo'rt narsa ustiga qo'ymang.

-Bu rakovina yoki shisha predmetga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.

Plitadan endigina olingan taom o'ramini olayotganda, ehtiyot bo'ling.

-IAgar ovqat issiq bo'lsa, ovqat o'ramini ochganda, ichidan birdan issiq bug' chiqishi va buning natijasida, teri kuyishi mumkin. Jihozni rozetkadan o'chirayotganda, quvvat shnuridan ushlab t

12_Xavfsizlik yo'riqlari