Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

Yangi Samsung muzlatgichingizdan foydalanishga kirishishdan avval, iltimos, ushbu yangi moslamadan xavfsiz va samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida xususiyat va funksiyalarni bilishingizni ta'minlash uchun ushbu qo'llanmani yaxshilab o'qib chiqing.

Bu muzlatgich kamerasi jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimlari va tajribalari yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan, bolalar), toki ular ushbu muzlatgich kameradan foydalanishda nazorat qilinmasalar yoki ularning xavfsizliklari uchun javobgar shaxs ularga ushbu jihozdan foydalanish haqida ko'rsatmalar bermagan bo'lsa, foydalanishlari uchun mo'ljallanmagan.

Agar ular nazorat ostida bo‘lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, bu qurilmadan 8 yoki undan kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin.

Bolalarga qurilma bilan o‘ynash ta'qiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi kerak.

Ushbu qo'llanmadagi Ogohlantirishlar va Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan hamma shartlar va vaziyatlarni ham qamrab olmaydi.

Umumiy ehtiyotkorlik choralarini ko'rish va moslamangizni o'rnatish, xizmat ko'rsatish va ishlatish paytida ehtiyot bo'lishingizda o'zingiz mas'ul hisoblanasiz.

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli modellarga taalluqli bo’lganligi uchun muzlatgichingizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi mumkin. Agar biron-bir savolingiz yoki bu borada tashvishlaringiz bo'lsa, sizga yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi markaziga murojaat qiling yoki tegishli yordam va kerakli ma'lumotlarni ushbu saytdan oling: www.samsung.com.

Sovutish moddasi sifatida R-600a yoki R-134a ishlatiladi. Ushbu muzlatgichda qaysi sovutish moddasi ishlatilayotganini ko'rish uchun jihozning orqa tarafidagi kompressor yorlig'i yoki muzlatgich ichidagi pasport yozuvlarini tekshirib ko'ring. Agar bu mahsulotda o‘t oluvchi gaz (R-600a sovutish moddasi) bo‘lsa, uni xavfsiz qayta ishlashga topshirish borasida mahalliy idoraga murojaat qiling.

Muzlatish tizimidan modda oqib chiqish holatlari yuzaga kelsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasining hosil bo'lishi oldini olish uchun jihoz joylashtirilishi mumkin bo'lgan xonaning o'lchami foydalanilgan sovitish kimyoviy moddasi miqdoriga bog'liq bo'lishi kerak.

Jihozda har qanday shikastlanish holatlari aniqlansa, uni yoqmang. Agar shubhangiz bo'lsa, dilerga murojaat qiling. Jihozga quyilgan har 8 gramm R-600a sovutish moddasi uchun xonada 1 m³ joy bo‘lishi kerak.

Jihozingizdagi sovitish kimyoviy moddasi miqdori uning ichidagi identifikatsiya yorlig'ida ko'rsatilgan.

Naychalardan otilib chiqayotgan sovitish kimyoviy moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. Naychadan muzlatish moddasi oqayotganda uning yaqinida olov yonib turishiga yo'l qo'ymang, har qanday yonuvchan narsani mahsulot oldidan nariga oling va zudlik bilan xonani shamollating.

- Ushbu talablarga rioya qilmaslik yong'inni yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin.

Ushbu moslama ichida katalizatorga ega aerozol idishlar kabi portlovchi narsalarni saqlamang.

O'zbek  3 

ma‘lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Untitled-33 3

 

 

2016-03-17 ￿￿ 6:19:12