yoki unga suv tegishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang.

-Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki zarbasiga yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Ushbu muzlatish kamerasini bevosita quyosh nuri ostiga yoki plita, uy isitgichi va shu kabi boshqa issiqlik chiqazadigan jihozlar oldiga joylashtirmang.

Gaz quvurlari, telefon liniyalari yoki boshqa uchqun chiqazishga qodir sim chiviqlardan ushbu jihozni yerga ulash uchun foydalanmang.

-Yerga ulashdan noto'g'ri foydalanish elektr toki zarbasiga sabab bo'lishi mumkin.

Bir qancha jihozni bitta elektr quvvat tarmog'iga ulangan bir necha rozetkalar uyasiga ulamang. Muzlatish kamerasi har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan turishi va undagi quvvat kuchlanishi pasport yozuvida qayd etilgan kuchlanishga mos kelishi kerak.

-Bu yuqori darajada xizmat ko'rsatish samaradorligini ta'minlaydi, hamda uydagi elektr quvvat zanjirlarining ortiqcha yuklanishi oldini oladi. Yuklanish o'z o'rnida simlarning qizib ketishiga va natijada yong'in chiqish xavfini to'g'dirishiga olib kelishi mumkin.

Uzunligi bo'ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylarga

ega kabeldan foydalanmang.

Elektr quvvat kabelini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni joylashtirmang.

• Ushbu muzlatish kamerasidan foydalanishdan avval uni qo'llanmaga muvofiq tarzda to'g'ri o'rnatish va joylashtirish kerak.

Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.

-Chunki yong'in chiqishi yoki elektr tokdan zarba olish xavfi mavjud.

Elektr vilkani elektr manbasiga to'g'ri holatda ulang va kabel pastga osilib turishi kerak.

-Agar vilka yuqori qismi pastga qaragan holda ulansa, kabel qirqilib ketishi va yong'inga yoki elektr tokdan zarba olishga sabab bo'lishi mumkin.

Muzlatish kamerasini boshqa joyga ko'chirishda, uning elektr kabeli ustidan surish yoki kabelning shikastlanishidan ehtiyot bo'ling.

-Bu yong'in chiqish xavfini tug'diradi.

• Elektr kabeli vilkasi muzlatish kamerasining orqa tomonida qisib qolmagani yoki shikastlanmaganiga ishonch hosil qiling.

• O'rama materiallarni bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.

-Bolalar ushbu materiallarni boshlariga kiyganlarida bo'g'ilib qolib o'lishlari mumkin.

O'zbekcha - 4

DA68-03009L-06.indb 4

2017. 2. 7. ￿￿ 4:51

Page 52
Image 52
Samsung RZ28H6160SS/WT, RZ28H61607F/WT Yoki unga suv tegishi mumkin bolgan joylarga ornatmang, Ega kabeldan foydalanmang