sovitish kimyoviy moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. Agar suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega narsalardan darhol uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.

Muzlatish tizimidan modda oqib chiqish holatlari yuzaga kelsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasining hosil bo'lishini oldini olish uchun jihoz joylashtirilishi mumkin bo'lgan xonaning o'lchami foydalanilgan sovitish kimyoviy moddasi miqdoriga ko'ra aniqlanadi. Muzlatish kamerasida har qanday shikastlanish holatlari aniqlansa, uni yoqmang. Har qanday ikkilanish holatlarida, jihoz tarqatuvchisi bilan maslahatlashing. Muzlatish kamerasi ichidagi har 8 g R-600a sovutish kimyoviy moddasiga xonada 1 m³ ajratilishi lozim. Jihozingizdagi sovitish kimyoviy moddasi miqdori uning ichidagi identifikatsiya yorlig'ida ko'rsatilgan.

TO'G'RI FOYDALANISH UCHUN QO'SHIMCHA MASLAHATLAR

Elektr ta'minoti uzilib qolgan hollarda mahalliy elektr ta'minot kompaniyasiga qo'ng'iroq qiling va usbu uzilish qancha davom etishini so'rang.

- Bir yoki ikki soat ichida bartaraf etiladigan

elektr ta'minot uzilishlari muzlatish kamerasidagi harorat ko'rsatkichlariga ta'sir qilmaydi. Biroq, jihoz elektr toki bilan ta'minlanmayotgan vaqtda, uning eshigini kamroq ochib-yoping.

-Ammo elektr toki uzilishi 24 soatdan ko'p davom etadigan bo'lsa, barcha muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib oling.

Agar muzlatish kamerasining kaliti bo'lsa, uni bolalar qo'li yetmaydigan va jihozdan uzoqroq joyda saqlash kerak.

Jihoz harorati jihoz ishlashi mo'ljallangan harorat diapazoning quyi chegarasaidan past haroratga ega joyda uzoq

vaqt davomida saqlansa, barqaror ishlamasligi (ichidagi mahsulotlarning muzlamasligi yoki muzlatilgan mahsulotlar bo'linmasidagi harorat juda iliq bo'lib qolishi) mumkin.

Ushbu muzlatish kamerasi devorlarida muzlar paydo bo'lmaydi va shuning uchun bu jihozni qo'lda eritishning hojati yo'q. Bu jarayon avtomatik ravishda bajariladi.

Muzni eritish vaqtida harorat ko'tarilishi Jahon standartlashtirish tashkiloti talablariga muvofiq keladi. Biroq muzlatish kamerasining erish vaqtida muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari haroratining ko'tarilishi oldini olmoqchi bo'lsangiz, muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini bir necha qavat gazetaga o'rang.

Muzdan eritish vaqtida muzlatilgan oziq- ovqat mahsulotlari haroratining ko'tarilib

TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO'YICHA MA'LUMOTLAR

O'zbekcha - 9

DA68-03009L-06.indb 9

2017. 2. 7. ￿￿ 4:51

Page 57
Image 57
Samsung RZ28H61607F/WT, RZ28H6160SS/WT manual Togri Foydalanish Uchun Qoshimcha Maslahatlar