MUZ TAYYORLASH

Jihoz modellariga ko'ra muz patnisi farqli bo'lishi mumkin.

Muz kublarini tayyorlash

1.Muz kubi patnisini o'zingizga tortib, chiqarib oling.

2.Patnisni unda belgilab qo'yilgan suv hajmining eng yugori ko'rsatkichigacha suv bilan to'ldiring.

3.Suvni to'kmasdan patnisni o'z joyiga joylashtiring.

4.Muz kublari hosil bo'lgunicha kuting.

suv hajmi

ko'rsatkichi

Muzlatish vaqti

Muz kublari hosil bo'lishi uchun harorat "Power Freeze" (Kuchli muzlatish)ga o'rnatilib, taxminan bir soat kutish tavsiya qilinadi.

Muz kublarini chiqarib olish

1.Muz qutisi muz patnisi ostida ekaniga ishonch hosil qiling. Agar bo'lmasa, uni o'z joyiga joylashtiring.

2.2. Muz patnisi tutqichini patnis bir oz qiyshaygunicha soat mili yo'nalishida mahkam burang. Muz kubchalari saqlash idishiga tushadi.

3.Muz olish uchun, muz patnisini bir oz ko'taring va o'zingizga torting.

ICHKI QISMLARNI CHIQARIB OLISH

Jihozning modellariga ko'ra ba'zi-bir xususiyatlar farqli bo'lishi va ayrim modellarda mavjud bo'lmasligi mumkin.

Yuqori tokcha qopqog'i

1.Chap tomondagi qulf mexanizmi ochilganiga qadar, qopqoqninig o'ng tomonini ichkariga qarab bosing.

2.Har ikki tomondagi qulf mexanizmlari o'yiq joylaridan ko'tarilsa, qopqoqni chiqarib olish uchun o'zingizga torting.

Shishali tokchani o'rnatish yoki chiqarib olish vaqtida, yuqori tokcha qopqog'ini olib qo'yishni unutmang.

Muz tayyorlagichning buragichi (Ixtiyoriy)

Muz tayyorlagichning buragichini bir oz ko'taring va o'zingizga torting.

Tortmalar

Tortmalarni chiqarib olish uchun ularni to'liq o'zingizga torting va keyin bir oz ko'tarib chiqarib oling. (Kichik tortma/Yangi mahsulotlar tortmasi/Katta tortma)

O'zbekcha - 20

DA68-03009L-06.indb 20

2017. 2. 7. ￿￿ 4:52

Page 68
Image 68
Samsung RZ28H6160SS/WT, RZ28H61607F/WT manual MUZ Tayyorlash, Ichki Qismlarni Chiqarib Olish