Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling

Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda qoldiring va ekranni ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.

Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-asosli o‘yinlardan foydalanishda doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.

Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan oldin shifokorga murojaat qiling.

Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his qilgan bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.

Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.

Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring

Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing. Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish qobiliyatingizni himoya qiling

Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazishi mumkin.

• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.

O'zbek