MUHIM EHTIYOT CHORALARI

UMUMIY

Barcha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr tarmog'ingizdagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi yorliqda ko'rsatilgan kuchlanish bilan bir xil ekaniga ishonch hosil qiling.

OGOHLANTIRISH : Gilam yoki pol ho'l bo'lgan hollarda changyutgichdan foydalanmang. Suvni so'rib olish uchun foydalanmang.

Har qanday qurilmadan bolalar yoki ular yaqinida foydalanilgan hollarda qattiq nazorat talab qilinadi. Changyutgichdan o'yinchoq sifatida foydalanilishiga yo'l qo'ymang. Hech qachon changyutgich nazoratsiz qoldirilishiga yo'l qo'ymang. Changyutgichdan faqat ushbu ko'rsatmalarda bayon qilingan maqsadlarda foydalaning.

Changyutgichdan chang konteynerisiz foydalanmang.

Eng yaxshi samaradorlikka erishish uchun chang konteynerini u to'lib ketishidan avval bo'shating.

Changyutgichdan gugurt donalari, o'chmagan kul yoki sigaret qoldiqlarini yig'ishtirish uchun foydalanmang. Changyutgichni pechlar va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlang. Issiqlik qurilmaning plastik qismlarini deformatsiyalashi va rangining o'chishiga olib kelishi mumkin.

Changyutgich bilan qattiq, o'tkir jismlarni yig'ishtirmang, chunki ular changyutgich qismlarini shikastlashi mumkin.

Yig'ilgan shlanglarni bosmang. Shlanglar ustiga buyumlar qo'ymang.

Havo so'rish yoki chiqarish portlarini to'sib qo'ymang.

Elektr tarmog'i rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni korpusdagi qo'shgichdan o'chiring. Chang konteynerini bo'shatishdan avval elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun rozetkadan uzganda kabeldan emas, vilkaning o'zidan ushlagan holda torting.

04_ Texnika xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar

Page 76
Image 76
Samsung VC07F80UNCC/EV manual Umumiy, Muhim Ehtiyot Choralari