Qaydlar va ehtiyot choralari
Ishlatish paytida
QAYD
•Modeliga qarab, jihoz xususiyatlari farq qilishi mumkin.
•Chang cho‘tkasi yoki tirqish asbobini ishlatsangiz, changyutkichning tebranishini sezishingiz mumkin.
•Chang qopi tushib ketmasligi uchun xavfsizlik qurilmasi ishga tushganida, ishlash tovushi o‘zgarishi mumkin.
changning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
•Changyutkich ishlamasa, batareyalarini almashtiring. Muammo hal bo‘lmasa, vakolatli diler bilan bog‘laning. AA o‘lchamli 2 ta batareya ishlating.
DIQQAT
•Vilkani rozetkadan sug‘urayotganda shnurni emas, vilkaning o‘zini ushlang.
•Changyutkichni ko‘tarib ketayotganda, qopqoq ostidagi tugmani bosish orqali korpus qopqog‘ini ochib yubormang.
•Jihozni saqlash uchun pol uchligini korpusning tagidagi kichik bo‘shliqqa joylashtiring.
Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish
QAYD
•Chiqarish filtrini suv bilan yuvmang.
•Chiqarish filtri samarali ishlashi uchun har yili almashtiring.
•Pol qirilmasligi uchun cho‘tka holatini tekshirib turing, agar yeyilgan bo‘lsa, almashtiring.
•Almashtirish filtrlarini mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish vakilidan olish mumkin.
•Quvvat shnurini ushlab turib, shnurni yig‘ish tugmasini bosing, chunki yig‘ilayotganida shnur bo‘sh qolsa, sizga jarohat yetkazishi mumkin.
•Quvvat shnuri yaxshi yig‘ilmayotgan bo‘lsa, shnurni 2 ~ 3 metr tortib chiqarib, yana shnurni yig‘ish tugmasini bosing.
•Agar so‘rish quvvati sezilarli tarzda kuchsizlansa, “Kirish filtrini tozalash” bo‘limiga rioya qilgan holda ichki filtrni tozalang.
DIQQAT
•So‘rish quvvati kamaysa yoki changyutkich haddan tashqari qizib ketsa, chiqarish filtrini tozalang.
•Kirish filtri joyiga noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa, so‘rish quvvati sezilarli ravishda kamayadi.
•Shlangdan yot jismlarni olib tashlay olmasangiz, yaqinroqdagi xizmat ko‘rsatish vakiliga murojaat qiling.
•Changyutkichning shakli yoki rangi o‘zgarmasligi uchun soya joyda saqlang.
•Changyutkich batareyalarini almashtirishda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Ilovalar
O‘zbek 17