Tayyorgarlik

––Vilkaning tishlari va kontaktlarini chang va yot jismlardan tozalang.

Ishlatilmayotganida tokdan sug‘urib qo‘ying. Tokdan sug‘urishdan oldin uni tugmasidan o‘chiring.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo‘lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

Ishlatish paytida

Changyutkichni shlangidan ko‘tarmang. Changyutkichni ko‘tarish yoki tashish uchun undagi tutqichni ushlang.

Ishlatilmayotganida tokdan sug‘urib qo‘ying. Tokdan sug‘urishdan oldin uni tugmasidan o‘chiring.

Uydan tashqarida, ho‘l gilamcha yoki yuzalarda ishlatmang.

Gilam yoki pol ho‘l bo‘lganida, changyutkichni ishlatmang.

Bu mahsulot uy ichida ishlatish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun uni tashqarida ishlatmang.

––Noto‘g‘ri ishlashi yoki shikastlanishi mumkin.

❇❇Tashqarini tozalash : Tosh, sement

❇❇Bilyardxona : Bo‘r kukuni

❇❇Kasalxonaning aseptik xonasi

Changyutkichdan suyuqlik (masalan, suv), tig‘, to‘g‘nag‘ich yoki kulni tortib olishda foydalanmang.

––Noto‘g‘ri ishlashi yoki shikastlanishi mumkin.

Changyutkichni ishlatayotganda, bolalar teginmasin. ––Korpusi qizib ketgan bo‘lsa, bolalar kuyib qolishi mumkin.

Korpus ustiga chiqmang yoki boshqa jismoniy ta’sir o‘tkazmang. ––Natijada jarohat yetkazishi yoki shikastlanishi mumkin.

Changyutkichni gugurt donalari, cho‘g‘ yoki sigareta qoldiqlarini tortib olish uchun ishlatmang. Changyutkichni plita va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqda tuting. Issiqlik natijasida jihozning plastik qismlarining shakli o‘zgarishi va rangi o‘chishi mumkin.

6O‘zbek

Page 62
Image 62
Samsung VC20M257AWR/EV, VC20M251AWB/EV, VC20M255AWB/EV, VC20M2540JN/EV, VC20M2560JP/EV manual Tayyorgarlik