yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.

Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va

kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga imkon beradi. Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada oshiradi.

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! 30 daqiqadan ko’p vaqtni olmaydigan kir yuvish sikli vaqtingizni tejashga yordam beradi.

Bizning 29 daqiqalik tezkor kir yuvish dasturi – band bo’lganlar uchun ajoyib yechim. Sevimli kiyimni endi atigi 29 daqiqada yuvish mumkin!

• Qo’lda kir yuvish dasturi

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga erishiladi.

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿