kir yuvish mashinasini tozalash va xizmat ko’rsatish

Suvni quyish shlangining to’rsimon filtrini tozalash

Suvni quyish shlangining to’rsimon filtrini bir yilda kamida bir marta yoki “4E” xatosi to’g’risida xabar paydo bo’lganida tozalash kerak:

1.Kir yuvish mashinasiga suv yuborishni o’chiring.

2.Kir yuvish mashinasining orqa devoriga mahkamlangan shlangni burab chiqaring. Shlangdagi bosim ta’sirida suv oqib ketishining oldini olish uchun shlangni latta bilan berkitib qo’ying.

3.Passatija yordamida shlang uchida joylashgan to’rsimon filtrni ehtiyot qilib oling va to’liq toza bo’lgunga qadar suv bilan yuvib tashlang. Shuningdek rezbali birikmaning ichki va tashqi yuzalarini ham tozalang.

4.Filtrni joyiga qo’ying.

5.Shlangni kir yuvish mashinasiga ulang.

6.Birikmalar ishonchli mahkamlaganligini tekshiring va vodoprovod jo’mragini oching.

Muzlab qolgan kir yuvish mashinasini ta’mirlash

Agar harorat suv muzlab qolish nuqtasidan pastroq tushid ketsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan bo’lsa, quyidagi harakatlarni bajaring.

1.Kir yuvish mashinasini rozetkadan olib qo’ying.

2.Shlangni ajratib qo’yish uchun suvni quyish shlangi ulangan vodoprovod jo’mragi ustidan iliq suvni quying.

3.Suvni quyish shlangini yeching va uni iliq suvga solib qo’ying.

4.Kir yuvish mashinasining barabaniga iliq suvni quyib, uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.

5.Suvni quyish shlangini qaytadan jo’mrakka ulang hamda suvni quyish va chiqarish funksiyalar sozligini tekshiring.

Kir yuvish mashinasini saqlash

Agar kir yuvish mashinasini uzoq muddat ichida saqlash zaruriyati bo’lsa, eng yaxshisi suvni to’kib tashlash va o’zgaruvchan tok tarmog’idan mashinani o’chirib qo’yish lozim. Kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi mumkin, agar uni saqlashga joylashtirishdan oldin shlanglardan va ichki qismlardan suv chiqarilmagan bo’lsa

1.“Быстрая (Tezkor )” rejimini tanlang va oqartirish uchun bo’limga oqartirgichni qo’shing. Kir yuvish mashinasida kirni yuklamasdan kir yuvish siklini ishga tushiring.

2.Vodoprovod jo’mraklarini burab qo’ying va suvni quyish shlanglarni uzib qo’ying.

3.Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’idan ajratib qo’ying va barabanga toza havo kelishi uchun eshikni ochiq holda qoldiring.

Agar mashina Selsiy bo’yicha 0 darajadan pastroq haroratda saqlangan bo’lsa, unda uni ishlatishdan oldin mashinadagi suv erib ketishi uchun ma’lum vaqt bering.

36_ kir yuvish mashinasini tozalash va xizmat ko’rsatish

WF1802WF-03061B-17_UZ.indd 36

2017/3/8 10:17:03

Page 168
Image 168
Samsung WF1802WFVS/YLP manual Suvni quyish shlangining to’rsimon filtrini tozalash, Kir yuvish mashinasini saqlash