Yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Quvvatlarni tejash

Ushbu model ko’piklarni hosil qilish bo’yicha maxsus tizimi (Bubble generator) va Samsung Inverter invertor dvigateli tufayli A sinfdagi standart mashinaga nisbatan quvvatlardan yanada samarali foydalanish bilan ta’minlaydi.

• Eco Bubble (Ekologik ko’pik) rejimida kir yuvish

Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni ehtiyotkorlik bilan yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.

• Kamroq shovqin va tebranishlar

Samsung kompaniyasining ushbu kir yuvish mashinasi o’zida mavjud bo’lgan eng kam darajadagi tebranishlarni ta’minovchi ichki qurilgan mantiqli boshqaruv tizimining mavjudligi tufayli shovqinlar va

tebranishlarni eng kam darajaga keltirgan holda juda tinch ishlaydi.

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

• Barabanni Eco tozalash

Barabanni Eco tozalashdan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki oqartiruvchilarsiz kir yuvish mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning maxsus dasturi tufayli

baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.

• Bolalar buyumlari

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi. Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga erishiladi..

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿