Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
Jihozni ishlatishdan oldin ushbu foydalanuvchi qo'llanmasini obdon o'qib chiqing, ayniqsa keyingi bo'limdagi xavfsizlik ma'lumotini e'tiborga oling. Bu qo'llanmani kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Jihozga egalik huquqini boshqaga o'tkazsangiz, qo'llanmani ham yangi egasiga topshirishni unutmang.
Bu foydalanuvchi qo‘llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan:
OGOHLANTIRISH
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash jiddiy jarohat olish yoki o'limga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash yengil jarohat olish yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Plitadan foydalanayotganda yong'in chiqishi, portlash, tok urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling.
IZOH
Mahsulotni ishlatishga oid foydali maslahatlar, tavsiyalar yoki ma’lumotlar.
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Ushbu jihozning xavfsizlik jihatlari barcha qabul qilingan texnik va xavfsizlik standartlariga mos keladi. Shunday bo'lsa ham, biz ishlab chiqaruvchi sifatida sizni quyidagi xavfsizlik ko'rsatmalari bilan tanishtirishni o'z vazifamiz deb bilamiz.
OGOHLANTIRISH
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak. Qurilmani o'rnatishdan keyin qurilmaning quvvatdan ajratilishiga imkon berishi kerak. Vilkaga qo‘l yetkizish mumkin bo‘lgan yoki ulash qoidalariga asoslangan holda statsionar prokladkadagi elektr zanjirini uzgichni qo'shish orqali uzilishga erishsa bo'ladi. OGOHLANTIRISH: Sirti yorilgan bo'lsa, tok urish xavfining oldini olish uchun jihozni o'chirib qo'ying.
Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
O'zbek 3
4/12/2016 10:40:14 AM