Plitadan foydalanish
Dastlabki tozalash
Keramik shishali yuzani nam latta hamda keramik shishani tozalash vositasi bilan arting.
OGOHLANTIRISH
Ishqorli yoki abrasiv vositalar ishlatmang. Yuzasi shikastlanishi mumkin.
Induksion pishirish nuqtalari uchun idish
Magnit tubli idish pishirish nuqtasiga qo'yilganidan keyingina induksion plitani yoqish mumkin. Quyidagi mos keladigan idishni ishlatishingiz mumkin.
Idish materiali
Idish materiali | Mos |
|
|
Po'lat, emal qoplangan po'lat | Ha |
|
|
Cho'yan | Ha |
|
|
Zanglamaydigan po'lat | Ishlab chiqaruvchi tomonidan tegishlicha |
| belgi qo'yilgan bo'lsa |
|
|
Alyuminiy, Mis, Jez | Yo‘q |
|
|
Shisha, Keramika, Chinni | Yo‘q |
|
|
IZOH
Induksion plita uchun idish ishlab chiqaruvchi tomonidan mos deb belgi qo'yiladi.
IZOH
Induksion pishirish nuqtalarida ishlatilganida idishlar shovqin chiqarishi mumkin. Bu shovqinlar normal holatdir.
IZOH
Zanglaydigan po‘latdan qilingan idishlar zanglamaydigan po‘latga qaraganda issiqlikni kamroq o‘tkazadi. Zanglaydigan po‘latdan qilingan idish ishlatilsa, tayyorlash vaqti cho‘ziladi.
Mos kelish sinovi
Induksion pishirish uchun mos keladigan idishga magnit yopishadi hamda uning mosligi haqida ishlab chiqaruvchining belgisi qo'yilgan bo'ladi.
IZOH
Magnitga yopishmaydigan, temir bo'lmagan idishda yoki pasti temir bilan qoplangan, o'zi temirdan qilinmagan idishlarda induksion pishirish to'g'ri ishlamasligi mumkin.
Plitadan foydalanish
O'zbek 15
4/12/2016 10:40:17 AM