Tayyorgarlik
•Ishlatilmayotganida tokdan sug‘urib qo‘ying. Tokdan sug‘urishdan oldin uni tugmasidan o‘chiring.
•Agar elektr kabeli shikastlangan bo‘lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
Ishlatish paytida
•Changyutkichni shlangidan ko‘tarmang. Changyutkichni ko‘tarish yoki tashish uchun undagi tutqichni ushlang.
•Ishlatilmayotganida tokdan sug‘urib qo‘ying. Tokdan sug‘urishdan oldin uni tugmasidan o‘chiring.
•Uydan tashqarida, ho‘l gilamcha yoki yuzalarda ishlatmang.
•Gilam yoki pol ho‘l bo‘lganida, changyutkichni ishlatmang.
•Bu mahsulot uy ichida ishlatish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun uni tashqarida ishlatmang.
❇❇Tashqarini tozalash : Tosh, sement
❇❇Bilyardxona : Bo‘r kukuni
❇❇Kasalxonaning aseptik xonasi
•Changyutkichdan suyuqlik (masalan, suv), tig‘, to‘g‘nag‘ich yoki kulni tortib olishda foydalanmang.
•Changyutkichni ishlatayotganda, bolalar teginmasin.
•Korpus ustiga chiqmang yoki boshqa jismoniy ta’sir o‘tkazmang.
•Changyutkichni gugurt donalari, cho‘g‘ yoki sigareta qoldiqlarini tortib olish uchun ishlatmang. Changyutkichni plita va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqda tuting. Issiqlik natijasida jihozning plastik qismlarining shakli o‘zgarishi va rangi o‘chishi mumkin.
6O‘zbek