•Agar shaffof oyna singan va ultrabinafsha nurlar to'g'ridan-to'g'ri tushayotgan bo'lsa, elektr quvvatini o'chiring va xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qiling.
•UB-cho'tkadan matras, choyshab, karavot, divan yostiqlari va materialdan yasalgan boshqa narsalarni sterillashdan o'zga maqsadlarda foydalanmang. Kompaniya UB-cho'tkadan yuqorida ro'yxatda keltirilganidan boshqa maqsadlarda foydalanish oqibatida yuz bergan tasodiflar uchun javobgar bo'lmaydi.
•UB-cho'tkaning ustiga o'tirmang yoki uni qo'ldan tushirib yubormang hamda mahsulotga harakatlantiruvchi ta'sir ko'rsatishdan qoching. Bunday qilmaslik jarohat yetkazishi yoki mahsulot shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
•UB-cho'tkaning orqa tarafidagi elektr quvvati terminallariga metall to'g'nog'ich yoki srerjenni tekkizmang. Bu tok urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
•UB chirog'i ishdan chiqsa, ushbu mahsulotni hech qachon o'zboshimchalik bilan bo'laklamang yoki o'zgartirmang.
Uni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•UB-cho'tka ichida elektr quvvati ajralib turishi sababli jihozdan tez o't oluvchi aerozol yoki yonuvchi moddalar yonida foydalanmang.
•UB-cho'tkadan uzoq vaqt foydalangandan so'ng oyna yuzasi qizib ketishi mumkin va UB chirog'i oynasiga tegmaslikka harakat qiling.
•UB-cho'tka UB chiroqlariga xos xususiyatlarga ko'ra, past haroratda sekinlik bilan ishga tushishi mumkin. UB-cho'tkani ichkarida saqlang.
ehtiyot choralari haqida ma'lumot _05