
tuzatish asboblari va filtr
Mini turbo cho'tkasi (Opsiya)
-Cho'tkali rolikni almashtirish
1.Agar biror narsa tiqilib qolgan bo'lsa yoki axlat ko'rinib turgan
bo'lsa, ustki panelni chiqarib olish uchun Mini turbo cho'tkasi orqasidagi ikkita murvatni yechib oling va har qanday tiqilmani tozalab tashlang.
2. Cho'tkali rolik ahvolini ko'zdan kechirib turing.
Agar cho'tkalari eskirib ketgan bo'lsa, cho'tkali rolikni almashtiring. Cho'tkali rolikni chiqarib olish uchun yuqoriga va bo'g'iz korpusidagi chetlar kirib turuvchi botiqlardan tashqariga torting.
Qaytib joyiga qo'yish uchun cho'tkali rolik chetlarini o'sha botiqlarga tushiring.
Qayishning ahvoli yaxshi ekaniga ishonch hosil qilish uchun ko'zdan kechirib turing.
Agar qayish uzilgan yoki yorilgan bo'lsa, uni "Qayishni almashtirish" ko'rsatmalariga asosan, almashtiring.
3. MAX (YUQORI) holatida foydalanish.
Changyutgichni eng yuqori so'rish rejimida ishlatish uchun MAX (YUQORI) tugmasini bosing.
-Qayishni almashtirish
1.Ostki panelni chiqarib oling.
"Cho'tkali rolikni almashtirish" ko'rsatmalaridagi rasmga qarang.
2. Yangi qayishning bir uchini uzatma g'ildiragi o'qiga kiydiring.
3. Qayishning boshqa uchini cho'tkali rolikdagi unga mo'ljallangan joyga kiydiring. Cho'tkali rolikni bo'g'iz korpusidagi botiqlarga kiriting.
"Cho'tkali rolikni almashtirish" ko'rsatmalaridagi rasmga qarang.
4. Mini turbo cho'tkasini "Cho'tkali rolikni almashtirish" ko'rsatmalarida tavsiflanganiday yana birga qayta joylashtiring.
14_ tuzatish asboblari va filtr