MUHIM XAVFSIZLIK CHORALARI
UMUMIY
•Ko'rsatmalarni sinchiklab o'qib chiqing. Qo'shishdan oldin elektr ta'minoti kuchlanishi changyutgichning haqidagi pasport yozuvida qayd etilgan kuchlanish bilan bir xil bo'lishi kerak.
•OGOHLANTIRISH: Gilamcha yoki pol ho'l bo'lganda changyutgichdan foydalanmang. Suvni so'rdirib olish uchun foydalanmang.
•Biror jihozni bolalar ishlatayotganda yoki undan bolalar yonida foydalanilayotganda puxta nazorat kerak bo'ladi. Changyutgichdan o'yinchoq sifatida foydalanilishga yo'l qo'ymang. Hech qachon changyutgichni qarovsiz qoldirmang. Changyutgichdan faqat ushbu ko'rsatmalarda qayd etilgan maqsadda foydalaning.
•Changyutgichdan chang qopchasisiz foydalanmang. Changyutgich yaxshi ishlashi uchun chang qopchasini to'lmasidan burun almashtiring.
•Changyutgichdan gugurt donalari, cho'g'i bor kul yoki sigaret qoldiqlarini yig'ib olishda foydalanmang. Changyutgichni pechka yoki boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroq joyda saqlang. Issiqlik uskunaning plastik qismlari shakli va rangiga putur yetkazishi mumkin.
•Og'ir va o'tkir buyumlarni changyutgich bilan yig'ishtirib olishdan saqlaning, chunki ular changyutgich qismlarini shikastlashi mumkin.
Shlang ulamasini bosmang. Shlang ustiga og'ir narsalarni qo'ymang.
So'rish va havo chiqish portini bekitmang.
•Vilkasini rozetkadan uzishdan oldin changyutgich korpusidagi elektr quvvati tugmasini bosib o'chiring. Chang konteynerini bo'shatishdan oldin changyutgich vilkasini rozetkadan uzing. Shikastlamaslik uchun elektr quvvati kabelidan emas, vilkaning o'zidan ushlab tortib chiqaring.
•Ushbu jihozdan yoshi 8 yoki undan katta bolalar, jismoniy, hissiy
04_ Ehtiyot choralari haqida ma'lumot