Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash idishlari ichiga qo‘ymang

Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.

Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda saqlamang

Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang

Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.

Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga kiritmangBunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani ishlatmang

Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.

Diqqat

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning zararlanishiga olib kelishi mumkin

Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida foydalanmang

Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi. Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.

LTE ma’lumoti ulanishidan foydalanish audio moslama va telefonlar kabi boshqa qurilmalarga halaqit berishi mumkin.

O'zbek

533