T4. Tezlik vaqti

Tezlik vaqti funksiyasini T4 tugmasini bosib yoqish mumkin, vaqti tugaganida havo so‘rgich o‘chadi.

Vaqtni belgilash quyidagicha bo‘ladi:

1-tezlik - 20 daqiqa (LED L1)

2-tezlik - 15 daqiqa (LED L2)

3-tezlik - 10 daqiqa (LED L3)

Kuchli - 5 daqiqa (LED L4 o‘chib-yonadi)

Vaqtli ishlash paytida T2 tugmasini bossangiz, havo so‘rgich vaqtli rejimdan chiqadi va tezlikni pasaytiradi.

T3 tugmasini bossangiz, havo so‘rgich vaqtli rejimdan chiqadi va tezlikni oshiradi. T4 tugmasini bossangiz, havo so‘rgich vaqtli rejimdan chiqadi va belgilangan tezlikda qoladi.

T5. Chiroq ON/OFF

Light tugmasini bosing, lampalar yonadi.

Light tugmasini yana bosganda lampalar oʻchadi.

Filtr toyingani signali tugmasi Boshqarish va sozlash:

Moy filtri signali

40 soat ishlagandan so‘ng LED L1 o‘chib-yonadi.

Bu signal paydo bo‘lganida moy filtrini profilaktika qiling.

Signalni qayta qo‘yish uchun T1 tugmasini 3” bosib turing. (havo so‘rgich YONIQ). Havo so‘rgich O‘CHIQ holatiga qaytishidan oldin LED L1 o‘chib-yonishdan to‘xtaydi.

Komir filtri signali

160 soat ishlagandan so‘ng LED L2 o‘chib-yonadi.

Bu signal paydo bo‘lganida ko‘mir filtrini profilaktika qiling.

Signalni qayta qo‘yish uchun T1 tugmasini 5” bosib turing. (havo so‘rgich YONIQ). Havo so‘rgich O‘CHIQ holatiga qaytishidan oldin LED L2 o‘chib-yonishdan to‘xtaydi.

Har ikkala filtrning signali bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, LED L1 va L2 birga o‘chib- yonadi.

Qayta qo‘yish uchun yuqorida keltirilgan amallarni 2 marta bajaring.

Birinchi martasida ko‘mir filtri signali qayta qo‘yiladi, ikkinchisida moy filtri signali qayta qo‘yiladi.

Standart rejimda ko‘mir filtri signali faol bo‘lmaydi.

Agar havo so‘rgich filtrli versiyada ishlatilsa, ko‘mir filtri signalini yoqib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Komir filtri signalini yoqish:

Havo so‘rgichni O‘CHIQ qilib qo‘ying va T2+T3 tugmalarini 3 soniya bosib turing. Tugma bosilganida LED L1 lampasi 1 soniya o‘chib-yonadi.

Havo so‘rgich tovushli signali bergunicha LED L1 va L2 o‘chib-yonib turadi, bu faollashtirilganini bildiradi, keyin esa O‘CHIQ holatiga qaytadi.

Komir filtri signalini ochirish:

Havo so‘rgichni O‘CHIQ qilib qo‘ying va T2+T3 tugmalarini 3 soniya bosib turing. Tugmalar bosilganida LED L1+L2 lampalari 1 soniya o‘chib-yonadi.

Havo so‘rgich tovushli signal beradi va LED L2 o‘chadi.

Havo so‘rgich tovushli signali bergunicha LED L1 o‘chib-yonib turadi, bu o‘chirilganini bildiradi, keyin esa O‘CHIQ holatiga qaytadi.

75

Page 75
Image 75
Samsung NK36M5070CS/EF, NK36M5070FS/EF manual T4. Tezlik vaqti, T5. Chiroq ON/OFF, Ko‘mir filtri signalini yoqish