sovutkichingizni ishlatish

BOSHQARUV PANELIDAN FOYDALANISH

A TURDAGI

B TURDAGI

1

3

2

1

2

C TURDAGI

1

2

D TURDAGI

12

Har safar boshqaruv panelidagi biror tugmani bosganingizda siz qisqa signal tovushini eshitasiz.

Biror tugmani bosmasangiz, Freezer (muzlatkich), Fridge (sovutkich) va Coolselect Zone (sovuqlikni tanlash zonasi) LED-chiroqlari eng oz energiya iste’mol qiliish uchun o‘chgan bo‘ladi. Biroq Power Freeze (kuchli muzlatish) va Vacation (dam olish) tugmalarining LED-chiroqlari tegishli funkisiyalarga moslangan holda yoniq turadi.

(Faqat RB29****B, RB31****B, RB32****B modellar uchun)

20_ ishlatish

Modeliga qarab, muzxona eshigi ochilganida LED indikatorlari yonmasligi mumkin.

1Freezer (muzlatkich)

Muzlatkichni -15 C dan -23°C gacha haroratdagi ko‘zlangan haroratga sozlash uchun Freezer (muzlatkich) tugmasini bosing. Standart harorat sifatida -19°C belgilangan va har safar Freeze (muzlatish) tugmasini bosganingizda harorat quyidagi tartibda o‘zgaradi va harorat ko‘rsatkichi ko‘zlangan haroratni ko‘rsatib turadi.

-19 C -21 C -23 C -15 C -17 C

Power Freeze (kuchli muzlatish) funksiyasini ishga tushirish uchun bu tugmani bosib 3 soniya ushlab turing.

Power Freeze (kuchli muzlatish) indikatori () yonadi va sovutkich muzlatkich bo‘lmasidagi muzlatilishikerak bo‘lgan mahsulotlarning muzlash muddatini tezlashtiradi.

Bu funkisya 50 soat faol bo‘ladi va muzlatkich indikatori ko‘rsatkichi o‘zgarmaydi.

Bu funksiya avtomatik tarzda o‘chadi. Power Freeze (kuchli muzlatish) jarayoni yakunlangandan so‘ng Power Freeze (kuchli muzlatish) indikatori o‘chadi va sovutkich avval o‘rnatilgan harorat sozlamasiga qaytadi. Ushbu funksiyadan foydalanayotganingizda muzlatgichning energiya sarfi ortadi.

U sizga kerak bo‘lmaganda uni o‘chirib qo‘ying va muzlatish kamerasini dastlabki harorat sozlamasiga qaytaring. Bu funksiyani o‘chirish uchun, Freezer (muzlatkich) tugmasini 3 soniyaga bosib ushlab turing.

Agar ko‘p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish zarurati tug‘ilsa, Power Freeze (kuchli muzlatish) funksiyasini 20 soat avval ishga tushirib qo‘ying.

DA68-02833R-26.indb 20

2018. 2. 1. �� 1:52