18.Plastik qopqoq ustidagi simni ulang va qopqoqni qaytarib o'z joyiga qo'ying.

19.4 ta murvatni qaytarib o'z joyiga qotiring.

20.Muzlatish kamerasi va muzxona eshiklari qistirmalarini ajratib oling va ularni 180˚ ga aylantirgandan so'ng joyiga qo'ying.

Eshiklarni almashtirgandan keyin OGOHLANTIRISH Muzlatish kamerasi va Muzlatgich eshiklari

zichlagichlarning to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

Agar to'g'ri o'rnatilmagan bo'lsa, shovqin yoki shudring hosil bo'lishi va bu muzlatgichning ishlashiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

MUZLATGICH TEKISLIGINI TO'G'RILASH

Agar muzlatgichning old tarafi orqasiga qaraganda biroz balandroq bo'lsa, eshikni osonroq ochib yopish mumkin. Ko'tarish uchun oyoqchalar moslagichini soat strelkasi yo'nalishida va tushirish uchun soat strelkasiga qarama-qarshi yo'nalishda burang.

1-holat. Muzlatgich chap tomonga og'ib turibdi.

Chapdagi sozlash oyoqchasini muzlatgich tekis bo'lgunicha soat mili yo'nalishida burang.

2-holat. Muzlatgich o'ng tomonga og'ib turibdi.

O'ngdagi sozlash oyoqchasini muzlatgich tekis bo'lgunicha soat mili yo'nalishida burang.

< 1-holat >

< 2-holat >

O'zbekcha - 16

DA68-03008L-05.indb 16

2017. 2. 7. �� 4:47