Samsung Smart Home

O‘rnatish

Google Play Store, Galaxy Apps yoki Apple App Store’ga tashrif buyuring va “Samsung Smart Home”ni qidiring. Aqlli qurilmangizga Samsung Electronics tomonidan taqdim etiladigan Samsung Smart Home ilovasini yuklab oling va o‘rnating.

IZOH

Samsung Smart Home ilovasi Android 4.0 (ICS) yoki undan keyingi versiyalarda yoki iOS 8.0 yoki undan keyingi versiyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, Samsung smartfonlari uchun optimallashtirilgandir (Galaxy S va Galaxy Note seriyalari). Boshqa smartfon modellarida ayrim funksiyalar boshqacha ishlashi mumkin.

Ishlab chiqaruvchining tartib-qoidasiga ko‘ra, samaradorlikni oshirish maqsadida Samsung Smart Home ilovasi bildirishsiz o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.

Samsung hisob qaydnomasi

Ilovadan foydalanishingiz uchun Samsung hisob qaydnomangizni ro'yxatidan o'tkazishingiz talab qilinadi. Agar sizda Samsung hisob qaydnomasi bo'lmasa, bepul Samsung hisob qaydnomasini yaratish uchun ilova ekranidagi ko'rsatmalarni bajaring.

Boshlash

1.Taqdim qilingan Smart Home kalitini sovitkichning tegishli portiga kiriting.

2.Samsung Smart Home ilovasini ishga tushiring va Samsung hisob qaydnomangiz bilan tizimga kiring. iPhone foydalanuvchilari har safar ilovaga kirganlarida tizimga kirish ma'lumotlarini taqdim qilishlari kerak.

3.Add Device (Qurilma qo‘shish) > Refrigerator (Muzlatgich) bandini tanlang.

4.Router haqida tegishli ma'lumotlarni taqdim qilish uchun ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring va Next (Keyingi) tugmasiga teging.

5.Fridge (Muzlatgich) tugmasini ekranda "AP" xabari paydo bo'lguniga qadar 5 soniya davomida bosing va ushlab turing. Muzlatgichingiz ilovada ro'yxatdan o'tkaziladi.

6.Qurilmani ro'yxatdan o'tkazish nihoyasiga yetganida Samsung Smart Home ilovasida muzlatgich tasvirchasi paydo bo'ladi.

7.Muzlatgich sahifasini ochish uchun muzlatgich tasvirchasiga teging.

8.Tarmoq ulanishi amalga oshirilganda muzlatgichingizda Wi-Fi tasvirchasi yonadi.

Muzlatgich ilovasi

Integratsiyalangan boshqaruv

Siz muzlatgichingizni uyda yoki tashqarida yurganingizda nazorat qilishingiz mumkin.

Muzlatgich sahifasini ochish uchun Samsung Smart Home ilovasida muzlatgich tasvirchasini oching.

Muzlatgichingizning ishlash holati yoki xabarnomasini tekshiring va zarurat bo'lsa opsiyalarni yoki sozlamalarni o'zgartiring.

IZOH

Muzlatgichning ba'zi opsiyalari yoki sozlamalarini masofadan boshqarish mumkin bo'lmasligi mumkin.

O'zbek  37

amallari Ishlatish

Untitled-4637

 

 

2017-05-12 ￿￿ 3:48:32