Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

ma‘lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Muzlatgich eshiklarini muzlatgichdan foydalanmayotgan vaqtda ochiq qoldirib ketmang va bolalarni uning ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymang.

Chaqaloqlar va bolalarning tortma ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymang.

-Bu qamalib qolish natijasida bo‘g‘ilib o‘lish yoki tan jarohati olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Muzlatgichni oziq-ovqat bilan to'ldirib tashlamang.

-Muzlatgich eshigini ochganingizda uning ichidagi narsalar tushib ketishi va shaxsiy jarohatlanishga va/ yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.

Jihoz yuzasiga hasharotlarga qarshi vosita kabi uchuvchan moddalarni sepmang.

-Insonga zararli hisoblanishi bilan bir qatorda bu vosita elektr toki urishi, yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi yoki mahsulot bilan tegishli muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Haroratga nisbatan sezgir bo'lgan moddalar, masalan, yonuvchan aerozollar, yonuvchan buyumlar, quruq muz, dori vositalari yoki kimyoviy moddalardan muzlatgich yaqinida foydalanmang yoki ularni muzlatgich yaqini yoki ichiga qo'ymang.

Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang. Yomon hidlarni ketkazish uchun muzlatgich ichiga yonib turgan shamni qo'ymang.

-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

14  O'zbek

Untitled-4614

 

 

2017-05-12 ￿￿ 3:48:30