Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

ma‘lumotlar bo‘yicha xavfsizligi Texnika

Tozalash paytida ehtiyotkorlik choralari

DIQQAT

Muzlatgich ichiga yoki tashqi qismiga bevosita suv sepmang.

-Yong‘in chiqishi yoki elektr tokidan zarba olish xavfi mavjud.

Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang.

Yoqimsiz hidlarni ketkazish uchun yoqilgan shamni muzlatgich ichiga joylashtirmang.

-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Suv baki, muz patnisi va suv kubiklarini faqat ichimlik suvi (mineral suv yoki tozalangan suv) bilan to‘ldiring.

-Suv bakini choy, sharbat yoki sport ichimligi bilan to‘ldirmang, bu muzlatgichni shikastlashi mumkin.

Displeyga to'g'ridan-to'g'ri tozalash vositalarini sepmang.

-Displeydagi chop qilingan harflar o'chib ketishi mumkin.

Jihoz ichiga suv kabi o'zga moddalar tushgan bo'lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat manbaidan uzing va manzilingizga yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi xodimga murojaat qiling.

-Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr quvvatidan zarba olish yoki yong‘in chiqish xavfini tug‘diradi.

Vilka uchlaridan begona narsalarni yoki changni tozalab tashlash uchun toza, quruq matodan foydalaning. Vilkani tozalayotganda ho'l yoki nam lattadan foydalanmang.

-Aks holda elektr tokidan zarba olish yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.

20  O'zbek

Untitled-46 20

 

 

2017-05-12 ￿￿ 3:48:30