Agar muzlatgich ichiga chang yoki suv kirsa, elektr manbasiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan sug'uring va Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.

-- Aks holda yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.

Agar gaz chiqayotganini ko'rib qolsangiz, olovdan saqlaning yoki yonishi mumkin bo'lgan narsalarni chetga oling va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.

Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan boshqa mexanik qurilmalardan foydalanmang.

Muzlatish zanjirini shikastlamang.

Jihoz sirtiga hashoratlarni qiruvchi modda kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.

-- U odam uchun havfli bo'lish bilan bir vaqtda bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Muzlatgich ichini quritish uchun soch quritgichdan foydalanmang. Yomon hidlarni ketkazish uchun yoqilgan shamlarni muzlatgich ichiga joylashtirmang.

-- Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Suv baki, muz patnisi va sub kubiklarini faqat ichimlik suvi (mineral suv yoki tozalangan suv) bilan to'ldiring.

-- Suv bakini choy, sharbat yoki sport ichimligi bilan to'ldirmang, bu muzlatkichni shikastlashi mumkin.

Bolalar eshikka osilishiga ruxsat bermang. Aks holda ular qattiq jarohatlanishi mumkin.

-- Bolalarning qamalib qolishi xavfi. Bolalarning muzlatgich ichiga kirishiga ruxsat bermang.

Muzlatgich qarovsiz bo'lgan hollarda uning eshigini ochiq qoldirmang va bolalarning muzlatgich ichiga kirishlariga yo'l qo'ymang.

Go'daklar yoki bolalarning tortma ichiga kirishlariga yo'l qo'ymang.

-- Bu qamalb qolish oqibvatida bo'g'ilib o'lishga yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan boshqa mexanik qurilmalardan foydalanmang.

Muzlatish zanjirini shikastlamang.

Muzlatish kamerasi polkasini teskarisiga qo'ymang. Polka probkasi ishlamasligi mumkin.

-- Bu shisha polkaning tushib ketishi tufayli shaxsning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

O'zbekcha - 9

DA68-02960R-00.indb 9

13. 12. 16. �� 5:32