Ehtiyot choralari haqida ma'lumot

EHTIYOT CHORALARI HAQIDA MA'LUMOT

OGOHLANTIRISH

OGOHLANTIRISH

Jihozni ishlatishdan oldin ushbu qo'llanmani sinchiklab o'qib chiqing va keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo'ying.

Chunki quyidagi ishlatish ko'rsatmalari turli modellarni qamrab oladi va changyutgichingiz xususiyatlari ushbu qo'llanmada tavsifi berilgan changyutgichlarnikidan bir oz farq qilishi mumkin.

FOYDALANILGAN DIQQAT/OGOHLANTIRISH BELGILARI

OGOHLANTIRISH

O'lim va jiddiy jarohatlanish xavfi mavjudligini ko'rsatadi.

 

DIQQAT

Shaxsiy jarohatlanish yoki moddiy shikastlash xavfi borligini ko'rsatadi.

 

FOYDALANILGAN BOSHQA BELGILAR

QILMASLIGINGIZ kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.

Amal qilishingiz kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.

Vilkani rozetkadan uzishingiz kerakligini ko'rsatadi.

Ushbu changyutgich faqat maishiy foydalanish uchun mo‘ljallangan.

OGOHLANTIRISH Changyutgichdan qurilish chiqindilar, axlat va lazerli printer tonerini tozalashdan foydalanish mumkin emas. Filterlarni doim toza holatda saqlang, ularda mayda chang zarralari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymang.

Gilam tozalash vositalari yoki mayda chang zarralarini, masalan, unni faqat kichik miqdordagina tozalash lozim. Tozalashdan keyin changqopcha va filterlarni doim e‘tibor bilan tozalab chiqing.

Changyutgichdan changqopcha yoki filterlarsiz foydalamish mumkin emas. Shuningdek, o‘ta eski, zararlangan yoki shaklini yo‘qotgan filterlarni ham ishlatish ta‘qiqlanadi. Filterni ko‘rsatmaga rioya etgan holda har doim to‘g‘ri o‘rnating. Sanab o‘tilgan talablarni bajarmaslik qurilma ichki qismlarining zararlanishiga va kafolat xizmatining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

Miktofilterni yuvib bo‘lgandan keyin uni hech qachon buramang.

Bunday qilish uning shaklini yo‘qotishi yoki zararlanishiga olib kelishi mumkin.

Agar filter shaklini yo‘qotgan yoki zararlangan bo‘lsa, uni yangisiga almashtiring. (Agar ushbu talablarga rioya etilmasa, chang va chiqindi motor ichiga tushadi)

Kontakt yuzalar va o‘rnatish qismida bo‘shliqlar qoldirmasdan filterni to‘g‘ri o‘rnating. (Agar ushbu talablarga rioya etilmasa, chang va chiqindi motor ichiga tushadi)

Ehtiyot choralari haqida ma'lumot _03

Page 75
Image 75
Samsung VC20F30WDHL/EV, VC20F30WNFN/EV, VC20F30WNAR/EV Ehtiyot choralari haqida malumot, Ehtiyot Choralari Haqida Malumot