Xavfsizlik ma’lumoti

XAVFSIZLIKKA OID MUHIM YO‘L-YO‘RIQLAR

Elektr jihozdan foydalanayotganda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, jumladan:

POWERbot JIHOZIDAN FOYDALANISHDAN AVVAL BARCHA KO‘RSATMALARNI O‘QIB

CHIQING.

Changyutkichdan foydalanilmayotgan vaqtda hamda unga texnik xizmat ko‘rsatishdan avval uni elektr tarmog‘i rozetkasidan uzib qo‘ying.

OGOHLANTIRISH: yong‘in chiqishi, tok urishi yoki jarohatlanish xavfini kamaytirish uchun:

UMUMIY

Faqat shu qo‘llanmada tavsiflangan tarzda foydalaning.

Agar qandaydir tarzda shikastlangan bo‘lsa, POWERbot yoki batareya zaryadlagichi / tagligini ishlatmang.

Agar changyutkich kerakli darajada ishlamasa, tushib ketsa, shikastlansa, ma’lum vaqt ko‘chada yoki suv ichida yotgan bo‘lsa, uni mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga olib boring.

Batareya zaryadlagichi / tagligi yoki POWERbot’ga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.

Faqatgina quruq yuzada hamda uy ichida ishlating.

Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan mustasno. Bolalar nazorat ostida bo‘lmasa, bu jihozni tozalashi yoki profilaktika qilishlari mumkin emas.

Batareya zaryadlagichi / tagligi

Qutblangan vilkani qutblanmagan rozetka yoki uzaytirgichga tushadigan qilib o‘zgartirmang.

Uydan tashqarida yoki ho‘l yuzalarda ishlatmang.

Foydalanilmagan vaqtda hamda texnik xizmat ko‘rsatishdan oldin batareya zaryadlagichi / tagligini rozetkadan uzib qo‘ying.

Zaryadlash uchun faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan batareya zaryadlagichi / tagligidan foydalaning.

Shikastlangan shnur yoki vilka yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang.

Shnuridan tortmang yoki sudramang, shnurni tutqich sifatida ishlatmang, shnur ustidan eshikni yopmang, shnurni o‘tkir qirralar yoki burchaklar atrofiga tortmang. Shnurni issiq buyumlardan uzoqda tuting.

Tokni o‘tkazish sig‘imi mos kelmaydigan uzaytirgich yoki rozetkalardan foydalanmang.

O‘ZBEK-04

4_VR7000_UZ_DJ68-00763M-01_CIS.indd 4

2017-03-21 오전 11:14:06

Page 124
Image 124
Samsung VR20M7050US/EV, VR20M7070WS/EV, VR10M7010UW/EV Xavfsizlikka OID Muhim YO‘L-YO‘RIQLAR, Chiqing, Umumiy, ‘ZBEK-04