ffAvtomatik zaryadlanish to‘g‘ri amalga oshishi uchun quyidagilarga ehtiyot bo‘ling.

––Taglikni doimo yoqib qo‘ying.

––Taglikni POWERbot oson topadigan joyga o‘rnating.

––Taglikning oldiga hech qanday buyum qoldirmang.

ffTaglikni o‘rnatganda shnurni polda ehtiyotsizlik bilan qoldirmang, chunki POWERbot unga o‘ralashib qolishi mumkin.

ffPOWERbot’dan qora rangli pollarda foydalanmang.

––POWERbot odatdagidek ishlay olmasligi mumkin.

ffTaglikning chap va o‘ng tomonlaridagi 0,5 m va oldindagi 1 m masofada hech qanday buyum bo‘lmasligi kerak.

ffTaglik kontaktlarining shikastlanmaganligi yoki ularda begona narsalarning yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

ffTaglikni poli qora polli joyga o‘rnatmang.

––Agar taglik atrofidagi pol qora bo‘lsa, zaryadlashga xalaqit berishi mumkin.

ffTozalashdan avval POWERbot harakatlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin to‘siqlarni (bolalar arg‘imcho‘gi yoki o‘yinchoqlarini) olib qo‘ying.

ffPOWERbot burilish radiusidan (0,5 metr) tor bo‘lgan joyda POWERbot ishlatmang.

ffUyni to‘liq tozalash uchun barcha xonalarni ochib, POWERbot shikastlanishi mumkin bo‘lgan old eshik, ayvon, vannaxona va zinalarga chegara belgilarini qo‘yib chiqing.

ffPOWERbot to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan past joylarga tushmasligi uchun chegara belgilarini qo‘yib chiqing.

DIQQAT Ishlatish paytida

ffPOWERbot’dan qalin gilamlar ustida foydalanilsa, POWERbot va gilamga shikast yetishi mumkin.

––POWERbot 1 santimetrdan qalin gilamning ustidan yura olmaydi.

ffPOWERbot’dan stollar yoki boshqa baland yuzalar ustida foydalanmang.

–– Tushib ketsa, shikast yetishi mumkin.

ffPOWERbot stul, stol oyoqlariga urilib ketishi mumkin, shuning uchun tezroq va samarali tozalash uchun ularni olib qo‘ying.

ffPOWERbot ishlayotgan vaqtda uni ko‘tarmang yoki boshqa joyga ko‘chirmang.

ffBoshqa joyga ko‘chirganda POWERbot’ning yetaklovchi g‘ildiraklaridan ko‘tarmang.

ffPOWERbot va kamera ustiga hech qanday buyum qo‘ymang, chunki bu uning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.

ffPOWERbot’dan foydalanayotganda katta qog‘oz yoki plastik paketlarni darhol olib qo‘ying, chunki ular havo so‘rilishini to‘sib qo‘yishi mumkin.

ffQizil ko‘rsatkichni odamlar yoki hayvonlarga to‘g‘rilamang.

ffIshlayotgan POWERBOT atrofida yotmang.

––Cho‘tkaga sochingiz kirib qolib, jarohat yetishi mumkin.

DIQQAT Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish

ffQuyidagilarga amal qilish orqali POWERbotshikastlanishining oldini oling

––POWERbot’ni tozalaganda bevosita korpusiga suv sepmang yoki benzol, suyultirgich, atseton yoki spirt bilan artmang.

ffPOWERbot’ni qismlarga ajratmang yoki ta’mirlamang. Buni faqatgina malakali usta bajarishi lozim.

ffDoim to‘siq sensori, qiyalik sensori va kamerani toza holda tuting.

––Yot jismlar to‘plansa, sensorlar noto‘g‘ri ishlashi mumkin.

O‘ZBEK-07

4_VR7000_UZ_DJ68-00763M-01_CIS.indd 7

2017-03-21 오전 11:14:06

Page 127
Image 127
Samsung VR10M7010UW/EV manual ‘ZBEK-07, POWERbot odatdagidek ishlay olmasligi mumkin, Tushib ketsa, shikast yetishi mumkin