yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi. Maxsus Eco Bubble funksiyasidan tortib va elektr energiyasini tejamkorlik bilan iste’mol qilishgacha bo’lgan ko’pdan ko’p afzalliklarga egaligi sababli sizning ushbu Samsung rusumli kir yuvish mashinangiz kir yuvish siz uchun eng yengil va maroqli mashg’ulot bo’lishini imkon qadar ta’minlash uchun barcha kerakli funksiyalar va imkoniyatlarga ega.

• “Eco Bubble” texnologiyasi

Yuvish jarayonida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi suvni havo va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish vositalari bilan ishlay oladi) bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian ertaroq va tezroq faollashtiradi. Shu tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi tushishidan avval ko’pikli yostiqcha hosil bo’ladi va kir yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar matoga oddiy kir yuvish mashinalaridagiga nisbatan tezroq va samaraliroq kiradi, bu esa anchagina pastroq haroratlarda toz kir yuvish bilan ta’minlaydi.

• Intensiv Eco kir yuvish dasturi

Ko’pikli kir yuvish texnologiyasi – bu ayniqsa Intensiv Eco rejimi tanlangan hollarda elektr quvvatlarini tejab qolishning yangi samarali usuli. Agar siz Intensiv Eco dasturini tanlagan bo’lsangiz, 15°C haroratga ega bo’lgan sovuq suvda kir yuvish 40°C haroratga ega bo’lgan suvdagi oddiy kir yuvishga mos keladi va bunda elektr quvvatlari tejab qolinadi. Agar siz 40°C haroratdagi Intensive Eco dasturini tanlasangiz, 60°C haroratli suvda oddiy rejimda kir yuvganda olishingiz mumkin bo’lgan kir yuvish sifatiga ega bo’lasiz. Siz qo’shimcha vaqt sarflamagan va unumdorlikni pasaytirmagan holda elektr quvvatlarini tejab qolishingiz mumkin.

• Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.

Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish uchun sertifikatga ega) belgisi

Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni mashinada yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va tekshirilgan. Bu belgi orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan qilingan matolarning himoya qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi hisoblanadi. Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga muvofiq tarzda yuvish kerak.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga erishiladi.

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

WF1702WQ-02994F-12_UZ.indd 2

2014/8/11 11:48:53

Page 134
Image 134
Samsung WF1602YQR/YLP Intensiv Eco kir yuvish dasturi, Ustki kiyimni yuvish dasturi, Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni