Samsung WF1802WPC/YLP manual Barabanni Eco tozalash dasturi, Bolalardan qulflash funksiyasi

Models: WF1804WPC/YLP WF1802WPC/YLP WF1804WPY/YLP

1 176
Download 176 pages 37.88 Kb
Page 135
Image 135

• Barabanni Eco tozalash dasturi

Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash) dan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki oqartiruvchilarsiz kir yuvish mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning maxsus dasturi tufayli baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga imkon beradi.

Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• Kir yuvish kechiktirish

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada oshiradi.

• Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanish uchun qulaydir. Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, masalan, choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

• Suv uchun Aqua shlang modeli va suv oqib chiqishi datchigi (ayrim modellarda)

Samsung kompaniyasi kir yuvish mashinalaridagi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan suv oqib chiqishidan himoyalash tizimi suv manbaiga ulanish joyida suv oqib chiqishining oldini oluvchi va suv oqib chiqishini aniqlash datchigining tag qismida joylashgan “aqlli” shlangni o’z ichiga oladi. Suv quyish shlangining ichki qatlami shikastlangan hollarda shlang ichida mavjud bo’lgan gubka kengayadi va krandan suv kirishingi to’sib qo’yadi.

Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi

(ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki barobar uzoqroq xizmat qiladi.

Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 36-sahifadagi “nosozliklarni izlash va bartaraf qilish va axborot kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

WF1804WP-03025T-09_UZ.indd 3

2014/8/25 11:06:01

Page 135
Image 135
Samsung WF1802WPC/YLP manual Barabanni Eco tozalash dasturi, Bolalardan qulflash funksiyasi, Kir yuvish kechiktirish